To‘y marosimi haqida
Assalomu alaykum! Hozirgi paytda bu sir emas , Toshkentda qiz uzatish juda bir og‘ir masalalardan biri bo‘lib qoldi , qiz uzatgan bechora , qizi borligi uchun aybsiz "aybdor"dek bo‘lib qoldi : (aslida kuyov tomon qilishi shart bo‘lgan ) mebel , kuyovga sarpo , osh berishi , xayitga tog‘oralar va hakazolar , bularni sanog‘iyam , adog‘iyam yo‘q , hali bere yo‘q bo‘lmasa ham kerak , chunki bularga sabab - dinsizlik va dindan bexabarlikdir . O‘zi kuyov tomon beradigan qalin pulimi , mahriga berganmi o‘ziyam bilmaydigan "puli" , birinchidan , qiz tomon beradigan oshga etmaydi , ikkinchidan , kuyov tomon 200-300ta odam bilan uyalmay , yuziga eshak teri qoplab bitta katta mers avtobusda keladi va yana bitta katta tog‘orada egani etmaganday osh ham o‘zi bilan olib ham ketadi . Savol : 1) Shu , qiz tomon bergan oshni kelib eyish kuyov tomon uchun halolmi yo harommi? 2) Qiz uzatayotgan oila , ya’ni qiz tomon to‘y munosabati bilan biror marosim yoki ziyofat va osh berishi joizmi va bu shariatda bormi? Batafsil ma’lumot bersangiz , boshqalar uchun ham , ayniqsa , yaxshi va ezgu niyatlar bilan to‘y qilayotgan o‘zbek oilalari uchun ham , bilib qo‘yishsa foydadan holi bo‘lmasdi . 17. Bizning zimmamizda ochiq-oydan etkazishdan boshqa narsa yo‘q», – dedilar.(“Tafsiri Hilol” kitobidan “Yasin” surasi).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz rahimahullohning qalamlariga mansub “Baxtiyor oila” kitobini o‘qib va unga amal qilinsa, hamma narsa shariatga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:44 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz rahimahullohning qalamlariga mansub “Baxtiyor oila” kitobini o‘qib va unga amal qilinsa, hamma narsa shariatga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:44 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda