Imom ibn Kasir, Shayx al-Usaymin, Abu Ammar Yasir Qadhi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz, quyida nomlari keltirilgan shaxslarning asarlarini o‘qib o‘rgansa (amal qilsa) bo‘ladimi? 1) Imom Imoduddin Abul-Fida Ismoil ibn Kasir ad-Damishqiy (hususan, "Al-bidayah van-nihayah" kitobi). 2) Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin (hususan, "Sharh salaasatul usul" kitobi). 3) Abu Ammaar Yasir Qadhi (hususan, "Ulum al-Qur’aan" kitobi). Aziz ustoz, ko‘rsatilgan kitoblardan birortasi Sizga notanish bo‘lsa yoki bilmay beadablikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Sarflagan vaqtingizga rozi bo‘ling. Alloh subhanahu va taolo ilmingizni ziyoda, martabangizni doimo ulug‘ qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ibn Kasirning kitobi mashhur va e’tirof qilingan kitob. - Abu Ammaar Yasir Qadhi va uning kitoblari haqida menda ma’lumot yo‘q.

26 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar