Yotoqxonada namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yotoqxonada axlim va bolalarim uxlab yotgan paytda namoz o‘qish mumkinmi? 2). Ayrim xolatlarda qo‘shilgandan keyin g‘usl qilib, ishga chiqib ketaman. Peshin namoziga taxorat olishga kirganimda ich kiyimimda g‘usldan keyin tushgan maniy qoldig‘ini ko‘raman. Bu xolatda qayta g‘usl qilishni imkoni bo‘lmaydi. Bu xolatda taxorat bilan namozni ado etaveraymi yoki uyga qaytgach g‘usl qilib qazosini ado qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qiyotganlarida Oisha onamiz qibla tomonda cho‘zilib yotar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sajdaga ketayotganlarida onamizni oyoqlarini chimchilardilar, onamiz esa yig‘ishtirib olardilar. Sajdadan tursalar oyoqlarini uzatib olardilar. 2). Shuning uchun g‘usldan avval bavl qilib yuborish shart. Shundan keyin chiqqanining zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:43 | Savol-javoblar | 415 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar