Tegirmondagi to‘kilish

Assalomu alaykum! Men tegirmonda mijozlarning sholisini oqlab, guruch qilib beraman. Bu ish davomida oz miqdorda to‘kilish-sochilishlar bo‘ladi. Buni mijoz ko‘rib e’tibor kilmaydi. To‘kilish-sochilishlarsiz ishlashning iloji yo‘q, sholi va guruch mayda. Buning uchun javobgar bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Urf jihatidan hamma bunga rozi bo‘ladi. Shuning uchun zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar