S0vol

Assa. Aley. Ustoz salomatmisiz Alloh kuch kuvvat bersin. Bergan savollarga javob berganingiz u-n rahmat. Ustoz 1 domla aytdilarki yil buyi umra kiliw mumkin fakatgina 4 kun Umra ziyoratini kilib bulmaydi dedilar. Bular Iyd Kurbondan 1 kun oldin Arafa kuni va 3 kun Kurbonlik kunlariga Umra zieratini kiliw mumkin emas ekan. Bu kunlar Farz va Vojib amallarini kiliw kunlari ekan. Wu savollga aniklik kiritsangiz. Javob u-n oldindan rahmat. Alloh ilmingizni zieda kilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
UMRANING VAQTI YO‘QIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Quraysh va uning dinini tutganlar haj oylaridagi umrani er yuzidagi eng katta buzuqliklardan biri deb bilar edilar. Ular muharramni safar qilar edilar va: «Qachonki, tuyaning yarasi bitsa, izlar yo‘qolsa, safar oyi tugasa, umra qiluvchiga umra halol bo‘ladi», der edilar.Nabiy sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari to‘rtinchi kuni ertalab hajga ehrom bog‘lab keldilar. U zot ularga uni umra qilishni buyurdilar. U (ish) ularga katta bo‘lib ko‘rindi va:«Ey Allohning Rasuli! halollikning qaysisi?» deyishdi.«Halollikning barchasi», dedilar».Uchovlari rivoyat qilishgan.Ular muharramni safar qilar edilar. Ya’ni, safar oyini muharram oyi o‘rniga harom oylardan deb e’lon qilar edilar. Johiliyat ahlining bunga o‘xshash o‘zlaricha joriy qilib olgan ishlari juda ham ko‘p edi. Shunday ishlardan biri ularning haj oylaridagi umrani er yuzidagi eng katta buzuqliklardan biri deb bilishlari edi.Islom johiliyatning barcha buzuqliklarini tuzatdi. Jumladan, umrani har doim qilish mumkinligini joriy qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vidolashuv hajida sahobai kiromlardan qurbonlik haydab kelmaganlariga haj niyatlarini umraga aylantirishni maslahat berdilar. Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Bu umra bilan huzurlandik. Kimning huzurida qurbonligi bo‘lmasa, butunlay ehromdan chiqsin. Bas, umra qiyomat kunigacha hajning ichiga kirdi», dedilar».Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyat qilishgan.Ya’ni, haj kunlari ham qiyomatgacha umra qilishga ruxsat berildi.Muharrish al-Ka’biy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ja’ronadan kechasi umraga chiqdilar. Makkaga kechasi kirdilar. Umralarini tamomlab, o‘sha kechasi Ja’ronada xuddi u erda tunagandek tong ottirdilar».Sunan egalari rivoyat qilishgan. Imom Termiziy hasan, degan.Bu rivoyatdan umrani kecha yoki kunduzning to‘g‘ri kelgan vaqtida qilaverish mumkinligi kelib chiqadi. Darhaqiqat, umraning chegaralangan vaqti yo‘q. Bu ibodatni qachon qilsa bo‘laveradi.

6 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 176 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar