Jannat tuprog‘idan

Assalomu alaykum! Hurmatli  ustozlar, er yuzida jannat tuprog‘idek tuproq bor emish. Bu haqida Yorqinjon domla savol javobda aytgan ekan. Shu qanchalik haq yoki ibratli ma’noda hikoyalardanmi bu?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ismini zikr qilgan domla “bu gapni eshitmagan ekanman” dedilar. Ummon saltanatidagi madrasalardan birida 2-sinf arab tili muallimi talabalarning imtihon varaqalariga baholarini qo‘yib o‘zlariga tarqatdi. Talabalar ichida biri ustozning baho qo‘yishidan ajablanib, “birorta javobimning yoniga xato belgisini qo‘ymabsiz, lekin bahoim pastroq bo‘libdi” dedi. Muallim “Xato javobni to‘liq bo‘lmaganida” dedi. O‘quvchi yuqori bahoning talabida qattiq turib oldi. Ustoz talabalar ichida u bolani qiyin ahvolga solib qo‘ymaslik uchun : “Qachon jannat tuprog‘idan keltirsang bahoingni yuqori qilib qo‘yaman” dedi. (Buni o‘quvchi uddasidan chiqa olmaydi degan maqsadda aytdi). Ertasi kuni o‘quvchi bir xaltada tuproq ko‘tarib kelib, “Bu jannat tuprog‘i” dedi. Ustoz ajablanib, “Qaerdan keltirding” dedi. Shunda bola “Onam tuproq ustidan yurdilar, men esa yurgan izlarini tprog‘ini to‘plab shu xaltaga solib keldim. Chunki siz “Jannat onalar oyog‘i ostida” degan edingiz” dedi. Ustoz o‘quvchining ziyrakligiga qoyil qoldi. Aslida jannat tuprog‘i haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : ثُمَّ أُدْخِلْتُ الْجَنَّةَ، فَإِذَا فِيهَا حَبَايِلُ اللُّؤْلُؤِ، وَإِذَا تُرَابُهَا الْمِسْكُ Ibn Shihob Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: So‘ngra jannatga kiritildim. Qarasam, unda marvarid gumbaz bor ekan, tuprog‘i mushk ekan».(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:48 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar