Tilladan zakot
Assalomu alaykum! Erim qaynonamga tilla taqinchoqlar olib bergandilar, o‘tgan yili o‘sha taqinchoqlarning bir qismini qaynonam menga berdilar. Gramini bilmayman, lekin anchagina. Erim o‘zimga ham ko‘p taqinchoqlar olib berganlar, ulardan yarmini ba’zida taqib turaman xolos. Kundalikda bir juft zirak va nikox uzugimni taqaman. Tillalarim jami 100 gramga yaqinlashgan nqzarimda. Men ulardan qanday hisoblab zakot berishim kerak? Umuman taqmayotganimdanmi, yo goh gohida taqadiganlarim ham ehtiyojdan tashqari hisoblanadimi? Qaynonam bergan tillalar ham endi meniki hisoblanadimi? Zakotni qachon va qay tarzda berishim kk? Iltimos shu savollarga javob bersangiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo siz tllangizni qancha ekanligini aniqlang. Buning uchun bir zargarga olib borsangiz va zakot chiqarish uchun vaznini hisoblab bering desangiz, zargarlar o‘zlari bilishadi. Bunda faqat tilla hisoblanadi, ko‘zlari hisobga olinmaydi. Agar vazni 85 gramm va undar ortiq bo‘lsa, shu vaznga etganidan keyin bir yil o‘tib uning qirqdan birini zakot qilib chiqarib berishingiz kerak bo‘ladi. Bunda siz taqib ishlatishingiz yoki ishlatmasligingizni farqi yo‘q, hammasidan chiqarasiz. Qaynonangiz sizga hadya qilgan tillalar sizniki hisoblanadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 151 | Zakot