Boylik

Assalomu alaykum! Allohdan boylik va mansab so‘rasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta so‘raladi, shu bilan birga ularning muhabbatini bermasligini ham so‘rash kerak bo‘ladi. Chunki inson o‘zi sevgan narsasidan ajratgan zotga nisbatan qalbida nafrat uyg‘onadi. O‘lim haq, dunyoga muhabbat qo‘ygan inson o‘lar vaqtida o‘zi muhabbat qilgan narsadan ajrashi qiyin bo‘ladi hamda ajratayotgan Zotga nisbatan nafrati paydo bo‘ladi. Alloh taolo nisbatan nafratli bo‘lgan holatda o‘tish kufr sanaladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 145 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar