Imom bilan baravar tilovat
Assalomu alaykum! Ustozlar, shu savol to‘g‘risida eshitgandekman, ammo eslolmayapman. Imom tilovat qilayotganda unga qo‘shilib tilovat qilmaslik kerakligi to‘g‘risida oyat bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “A’rof” surasida : وَإِذَا قُرِىءَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُواْ لَهُ وَأَنصِتُواْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ204. Qachon Qur’on tilovat qilinsa, unga quloq solinglar va jim turinglar, shoyad, rahm qilinsangiz. Ushbu oyatdan ulamolarimiz Qur’oni Karim tilovat qilinganda, unga jim turib quloq osish vojibligi haqidagi hukmni chiqarganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari esa, bunga qo‘shimcha ravishda, namozda imom qiroat qilganida, iqtido qiluvchilar jim quloq osishlari lozim, degan hukmni ham chiqarganlar. Umuman, Qur’on Allohning kalomi, uni o‘qish, tinglash, o‘rganish va unga amal qilish zaruriy ishdir. Har birining o‘ziga yarasha zarurati va halovati bor. Ushbu oyati karimani o‘rganar ekanmiz, beixtiyor keyingi paytlarda Qur’oni Karim bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tekshirishlar haqidagi ma’lumotlar xotirga tushadi. Ilm taraqqiy etgan yurtlardan birida insonning ruhiy o‘zgarishlarini o‘rganayotgan olimlar qiziqarli bir tajriba o‘tkazganlar. Ular tajriba uchun to‘rt kishini olganlar. Ularning biri arab bo‘lib, o‘z tilini yaxshi biladigan e’tiqodli musulmon; ikkinchisi o‘z tilini yaxshi biladigan arab, ammo musulmon emas; uchinchisi e’tiqodli musulmon, ammo arab tilini bilmaydi; to‘rtinchisi esa arab tilini ham bilmaydi, musulmon ham emas. Tajriba o‘tkazuvchi olimlar bularning to‘rtovlariga ham Qur’oni Karim tilovatini eshittirib, ularda sodir bo‘layotgan ruhiy o‘zgarishlarni kuzatganlarida, hammalarida ajoyib bir o‘zgarish sodir bo‘layotganini kashf qilganlar. Bundan bir ming to‘rt yuz yil avval ham arab mushriklarining odamlarni Qur’on eshitishdan qattiq man qilib qo‘yishlari, eshitgan odamning unga ergashib ketishidan qo‘rqishlari bejiz emas ekan. Odamlarni Qur’on tinglashdan man qilgan Quraysh zodagonlarining bir-biridan berkinib, tunlari Qur’on tilovatiga quloq osishlari ham bejiz emas ekan. Bugungi kunning xudosizlari ham odamlar ma’nosini tushunmasa-da, ularning qo‘llaridan Qur’onlarini tortib olishlari, Qur’on tilovatini butunlay man qilishlari ham bejiz emas ekan. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 148 | Qur’oni karim