Birovning xaqqi bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli va aziz ustozlar, men savdogarman, do‘konimda ko‘rpa va ko‘rpachalar uchun tikuv paxtasini sotaman. U paxtalar menga tsexlardan kipda keladi va ular simda bog‘langan holatda bo‘ladi. Ularning og‘irligi 50 kgdan. Savolim shuki 50 kgli kipda simning og‘irligi chiqarilmagan holatda keladi. Men ularni  simini chiqarib sotishim kerakmi yoki olgan holatimda sotishim kerakmi? Men simini chiqarib sotyapman. Agar simi chiqarilgan holatda sotsam  tsex egalariga meni haqqim o‘tib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqingiz o‘tib qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar