Gumonlanish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men idorada ishlayman. Yaqinda men yonimdagi xonada ishlaydigan, oilali, 2 farzandi bor yigit va o‘sha xonada birga ishlaydigan bir qizdan (turmushga chiqmagan) gumonlanib qoldim. O‘zim bevosita guvoxi bo‘lganim yo‘q. Kuzatish niyatim xam yo‘q, shunchaki shayton dilimga gumon tashlaydigan xodisani guvoxi bo‘ldim. Shuning uchun unga yoki ularga noto‘g‘ri ish qilayotganini unga qanday bildirsam bo‘ladi. Bu xolatda mening xukmim qanday bo‘lad?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَخْطُبُ يَقُولُ: لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلَّا وَمَعَهَا ذُو مَحْرَمٍ، وَلَا تُسَافِرِ الْمَرْأَةُ إِلَّا مَعَ ذِي مَحْرَمٍ، فَقَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ امْرَأَتِي خَرَجَتْ حَاجَّةً، وَإِنِّي اكْتُتِبْتُ فِي غَزْوَةِ كَذَا وَكَذَا، قَالَ: انْطَلِقْ، فَحُجَّ مَعَ امْرَأَتِكَ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xutba qilib: «Zinhor er kishi ayol kishi bilan xoli qolmasin. Illo, u ayol bilan mahrami bo‘lsa, mayli. Ayol kishi faqatgina mahrami bilangina safar qilsin», dedilar. Shunda bir kishi turib: «Ey Allohning Rasuli! Mening xotinim hajga chiqdi. Men esam falon g‘azotga yozildim», dedi. «Bor! Xotining bilan birga haj qil», dedilar». To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifda ayol kishi haj qilishi uchun u bilan mahrami birga bo‘lishi shart ekanligi kelib chiqadi. Shuningdek, ayol kishi begona erkak bilan xoli qolishi mumkin emas. Chunki bu holat fitnaga sabab bo‘ladi. Muslima ayol safarga chiqqanida ham, albatta, o‘z eri yoki birorta mahrami bilan birga chiqmog‘i lozim. Chunki safarda turli holatlar yuzaga kelishi, jumladan, ayol kishi uchun noqulay holatlar, ayniqsa, muslima ayolning sharafiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlar yuzaga kelishi aniq. Ana o‘shanday paytlarda muslima ayolga eri yoki mahrami xizmat qiladi va uning sharafini va hurmatini joyiga qo‘yadi. Payg‘ambarimiz alahissalom bir kishiga g‘azotdan qolib, xotinini hajga kuzatib borishni amr qilmoqdalar. Bu ham haj qiluvchi ayolga mahram o‘ta zarur va shartligini ko‘rsatadi. وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلَّا كَانَ ثَالِثَهُمَا الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir erkak zinhor bir ayol bilan xoli qolmasin! Aks holda uchinchilari shayton bo‘lur», dedilar». Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan. Sharh: Ushbu hadisi sharif oldingi hadislardagi ma’noni yana ham ochiqroq ta’kidlab kelmoqda. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 174 | Ruhiy tarbiya