Ibodatni o‘rtaga qo‘yib duo qilish

Assalomu alaykum! Duo qilayotganda ibodatni o‘rtaga qo‘yib duo qilsa bo‘ladi deb eshitganman. Masalan: shu o‘qigan namozimizni hurmatidan deyish. Shu holatni kengroq yoritib bersalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson har doim ham hamma amallarini vasila qilavermaslik kerak. O‘ta zarurat o‘rinda bunga ruxsat bor. عَنِ بْنِ عُمَرَ رضي الله عنه عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَيْنَمَا ثَلاَثَةُ نَفَرٍ يَمْشُونَ أَخَذَهُمُ الْمَطَرُ فَأَوَوْا إِلَى غَارٍ فِي جَبَلٍ فَانْحَطَّتْ عَلَى فَمِ غَارِهِمْ صَخْرَةٌ مِنَ الْجَبَلِ فَانْطَبَقَتْ عَلَيْهِمْ فَقَالَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ: انْظُرُوا أَعْمَالاً عَمِلْتُمُوهَا صَالِحَةً ِللهِ فَادْعُوا اللهَ بِهَا لَعَلَّهُ يُفَرِّجُهَا عَنْكُمْ قَالَ أَحَدُهُمْ: اللَّهُمَّ إِنَّهُ كَانَ لِي وَالِدَانِ شَيْخَانِ كَبِيرَانِ وَلِي صِبْيَةٌ صِغَارٌ كُنْتُ أَرْعَى عَلَيْهِمْ فَإِذَا رُحْتُ عَلَيْهِمْ حَلَبْتُ فَبَدَأْتُ بِوَالِدَيَّ أَسْقِيهِمَا قَبْلَ بَنِيَّ وَإِنِّي اسْتَأْخَرْتُ ذَاتَ يَوْمٍ فَلَمْ آتِ حَتَّى أَمْسَيْتُ فَوَجَدْتُهُمَا قَدْ نَائِمَيْنِ فَحَلَبْتُ كَمَا كُنْتُ أَحْلُبُ فَقُمْتُ عِنْدَ رُءُوسِهِمَا أَكْرَهُ أَنْ أُوقِظَهُمَا وَأَكْرَهُ أَنْ أَسْقِيَ الصِّبْيَةَ وَالصِّبْيَةُ يَتَضَاغَوْنَ عِنْدَ رِجْلَيَّ حَتَّى طَلَعَ الْفَجْرُ فَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنِّي فَعَلْتُهُ ابْتِغَاءَ وَجْهِكَ فَافْرُجْ لَنَا فُرْجَةً نَرَى مِنْهَا السَّمَاءَ فَفَرَجَ اللهُ فَرَأَوُا السَّمَاءَ. وَقَالَ اْلآخَرُ: اللَّهُمَّ إِنَّهاَ كَانَتْ لِيَ بِنْتُ عَمٍّ أَحْبَبْتُهَا كَأَشَدِّ مَا يُحِبُّ الرِّجَالُ النِّسَاءَ وَطَلَبْتُ مِنْهَا فَأَبَتْ حَتَّى آتِيَهَا بِمِائَةِ دِينَارٍ فَبَغَيْتُ حَتَّى جَمَعْتُهَا فَلَمَّا وَقَعْتُ بَيْنَ رِجْلَيْهَا قَالَتْ: يَا عَبْدَ اللهِ اتَّقِ اللهَ وَلاَ تَفْتَحِ الْخَاتَمَ إِلاَّ بِحَقِّهِ فَقُمْتُ فَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنِّي فَعَلْتُهُ ابْتِغَاءَ وَجْهِكَ فَافْرُجْ عَنَّا فُرْجَةً فَفَرَجَ وَقَالَ الثَّالِثُ: اللَّهُمَّ إِنِّي اسْتَأْجَرْتُ أَجِيرًا بِفَرَقِ أَرُزٍّ فَلَمَّا قَضَى عَمَلَهُ قَالَ: أَعْطِنِي حَقِّي فَعَرَضْتُ عَلَيْهِ فَرَغِبَ عَنْهُ فَلَمْ أَزَلْ أَزْرَعُهُ حَتَّى جَمَعْتُ مِنْهُ بَقَرًا وَرُعَاتَهَا فَجَاءَنِي فَقَالَ: اتَّقِ اللهَ قُلْتُ اذْهَبْ إِلَى تِلْكَ الْبَقَرِ وَرُعَاتِهَا فَخُذْ فَقَالَ: اتَّقِ اللهَ وَلاَ تَسْتَهْزِئْ بِي فَقُلْتُ: إِنِّي لاَ أَسْتَهْزِئُ بِكَ فَخُذْ فَأَخَذَهُ فَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنِّي فَعَلْتُ ذَلِكَ ابْتِغَاءَ وَجْهِكَ فَافْرُجْ مَا بَقِيَ فَفَرَجَ اللهُ، وَفِي رِوَايَةٍ فَخَرَجُوا يَمْشُونَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Uch nafar kishi yo‘lda ketayotgan ekanlar, yomg‘irda qolibdilar. Tog‘dagi g‘orga kirib olibdilar. Bas, (ularning g‘origa) tog‘dan bir xarsang tushib, chiqar yo‘llarini to‘sib qolibdi. Ular bir-birlariga: “Alloh uchun qilgan solih amallaringizga bir nazar solib, ularni vasila qilib Allohga duo qilinglar, shoyadki, sizlarga kushoyish bersa”, debdilar. Ulardan biri: “Ey bor Xudoyo! Albatta, mening qari ota-onam bor edilar. Mening kichik yoshdagi bolalarim ham bor edi. Ularning barchasining rioyasini qilardim. Ularning oldiga qaytib kelsam sut sog‘ib, bolalarimdan oldin ota-onamga ichirar edim. Bir kuni kech qolib, kechasigacha kela olmadim. Kelib, ikkovlarini uxlab qolganlarini ko‘rdim. Odatdagideq sut sog‘dim va ota-onam ikkovlarining bosh taraflarida uyg‘otib yubormay, deb kutib turdim. Bolalarga ichirishni ham ep ko‘rmadim. Bolalar ochlikdan oyog‘im ostida qichqirishar edi. Tong otguncha shu holda turdim. Agar Sen shu ishni Sening roziligingni tilab qilganimni bilsang, bizga bir tirqish ochgin, osmonni ko‘raylik”, dedi. Bas, Alloh tirqish ochdi. Undan osmonni ko‘rdilar. Boshqasi esa: “Ey bor Xudoyo! Men amakimning qiziga erkaklar ayollarga eng ashaddiy muhabbat qo‘yishlaridek muhabbat qo‘ygan edim. Bas, undan talab qildim. U (qiz) bosh tortdi. U o‘ziga yuz dinor berishimni so‘radi. Men pulni jamlab kelib, uni ushlab, ikki oyog‘i orasiga tushdim. Shunda qiz: “Ey Allohning bandasi! Allohdan qo‘rq! Uzukni haqqini bermasdan ochma!” dedi. Men o‘rnimdan turdim. Agar shu ishni Sening roziligingni tilab qilganimni bilsang, bizga yana ham kattaroq tirqish och”, dedi. Bas, yana tirqish ochdi. Uchinchi kishi: “Ey bor Xudoyo! Men bir faraq guruchga mardikor yollagan edim. U ishni bajarib bo‘lganidan so‘ng: “Haqqimni ber”, dedi. Men unga haqqini ko‘rsatdim. U olishga rag‘bat qilmadi. Men o‘sha guruch(sholi)ni ekishda davom etaverdim. Undan bir qancha sigir va molboqarlar orttirdim. U qaytib kelib: “Allohdan qo‘rq!” dedi. Men unga: “Anavi sigirlar molboqarlari bilan seniki, olaver”, dedim. U: “Allohdan qo‘rq! Meni istehzo qilma!” dedi. “Seni istehzo qilayotganim yo‘q, olaver”, dedim. U oldi. Agar men shu ishni Sening rozilingni tilab qilganimni bilsang, qolgan qismini ham ochib yubor”, dedi. Bas, Alloh ochib yubordi”, dedilar”. Boshqa bir rivoyatda: “Chiqib, yurib ketdilar”, deyilgan. Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 148 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar