Kitobdagi yozuv
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim yakinda bosmadan chikgan «Zikr axlidan surang» 1,2,3 tom kitobi xakida, ushbu kitobning mukovasidagi, ya’ni ustki va orka tomonidagi arabcha yozuv bilan yozilgan doira shakldagi suzning ma’nosi nima, arabchadan tarjimasi nima deb yozilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Unda “Nahl” surasidagi quyidagi oyat yozilgan : فَاسْأَلُواْ أَهْلَ الذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ 43....«Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahllaridan so‘ranglar». Zikr ahllari – ilohiy kitob ahllaridir, o‘shalardan so‘ranglar. Ular sizlarga payg‘ambarlar odam bo‘lganmi, farishtami yoki boshqa narsami – aytib beradilar. Garchi ushbu joyda «zikr ahli» – eslash, bilish ahli avvalgi ilohiy kitoblar ahllari bo‘lsa ham, boshqa har bir masalaning o‘z «zikr ahli» bo‘lishi haqdir. Shunga binoan, Alloh taoloning ushbu oyati karimadagi «Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahllaridan so‘ranglar» degan qavli umumiy qoida bo‘lib qolgan. Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, o‘sha sohaning «zikr ahli»dan o‘rganishi lozim bo‘ladi. E’tiqod va dinu diyonatga tegishli narsalardan boshqa narsalarni g‘ayridindan bo‘lsa ham o‘rganish kerak bo‘ladi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 145 | Mediya