Ayol kishini qorniga qo‘lini qo‘yadigan tabib

Assalomu alaykum! Mening bitta ko‘shnim bor uning aytishicha homilador bo‘lmayotgan ayollarni qorniga qo‘lini qo‘yib silash yordamida homilador bo‘ladigan qilib qo‘yarmish va yana boshqa turdagi kasalliklarni ham huddi shunday silash yordamida davolarmish. O‘zining aytishicha qo‘lida yuqori darajali tok bormish shu yordamida kasallik nuqtasini silab davolarkan. Va unga bu hususiyat Alloh tomonidan tushlarida berilganini, uni qabul qilmagunicha u har xil kasalliklarga chalinganini turli xil og‘riqlarni, dardlarni boshidan o‘tkazganini va u tabiblikni qabul qilgach barchasi o‘z o‘rniga tushganini qayta qayta takidlaydi. Shunday bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bekorlarni aytibdi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 10:26 | Savol-javoblar | 167 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar