Nikoh farzandsizlikka sababmi
Assalomu alaykum! 4 yil oldin turmush qurganmiz. Farzandimiz yo‘q. Dadam qizlik uyimda nikohlantirib keyin turmush o‘rtog‘imning xonadonlariga uzatganlar. Qaynonamlar nikohingiz xato o‘qilgan deb hisoblashyapti. Nikoh o‘qigan kishi masjidda imom emaslar, kelin-kuyov roziligini ham surash eslaridan kutarildi. Nikoh paytida Qaynotam, buvim, oyim, dadam, turmush urtog‘im bor edilar. Nikoh o‘qishayotganda kimdir duobat qilib, hatto qo‘lini mushut qilib o‘tirsa ham nikohga ko‘z tegadi, kimdir sizlarga g‘arazli niyat qilgan shu sababli farzandlariz bo‘lmayapti deb o‘ylashyapti. 1 taloq aytib 3 kundan keyin nikohingizni qayta o‘qitamiz deyishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohda iyjob va qabul – kelin-kuyovning roziligi asosiy rukn hisoblanadi. Usiz nikoh bog‘lanmaydi. Qolganlarning aytgan gaplari shariatimizda yo‘q gaplar. Sizning holatingizda eng asosiy masala, kelin-kuyovning roziligi. Chunki guvohlar etarlicha bor ekan. Mahr ham keyin belgilansa zarari yo‘q. Shuning uchun o‘sha nikohda ishtirok etganlar hammalari o‘zingizga yaqin joydagi nikoh-taloqni puxta biladigan ahli ilm kishiga borib masalani bayon qilib holatga aniqlik kiritib olinglar. Chunki bu masalada bir og‘iz gap ham natijani boshqacha bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush