Ota oldidagi burch

Assalomu alaykum! Ota oldidagi burch qaysi vaqt bajarilmaydi? Otam ko‘p yomon ish qiladilar, o‘z farzandlarini qarg‘aydilar. Shu vaziyatda men otamga gap qaytarib urishib ketdim (afsusdaman). Otam bilan gaplashmaymiz, ko‘pchilik otangdan uzr so‘ra yomasam ishlaring yurishmaydi deyishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota har qanday holatda ham ota maqomida qoladi. Hadisda kelgan ota-onaga yaxshilik qilish to‘g‘risidagi amrlar, fosiqni ham, fojirni ham o‘z ichiga oladi. Ish yurishishi uchun emas, balki abadiy do‘zaxdan qutilib qolish uchun orani isloh qilishga harakat qiling. Ota qilgan ishiga Allohning huzurida o‘zi javob beraveradi, lekin unga yaxshilik qilish sizni burchingiz hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:53 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar