Qarz olgan edim

Assalomu alaykum! Men bir do‘stimdan pulga zaruratim tushib qarz so‘radim. Do‘stim rozi bo‘ldi, lekin u boshqa shaharda yashaydi va unda dollar bor edi. Rossiyada ishlagagimiz bois ichki banklar dollar jo‘natmasligini aytishdi. So‘ngra do‘stim u pullarni rublga almashtirib jo‘natdi. Do‘stim u pullarni olgan vaqt boshqa kursda olgan, almashtirganda esa ziyon ko‘rib qoldi. Bu menga noqulay bo‘lyapti dedi. Men unga almashtiring men ziyonizi ko‘taraman dedim va bu sudxo‘rlik bo‘lib qolsachi deb o‘ylanib qoldim. Do‘stimga qilgan xizmatizga pul to‘layman dedim. Shu qilgan ishim to‘g‘rimi? Noto‘g‘ri bo‘lsa nima qilsak bo‘ladi? Men ham do‘stim ham sudxo‘rlik nimaligini bilamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarzni qaytarishda almashtirmasdan oldin dollarni qiymati qancha bo‘lgan bo‘lsa, o‘shancha dollar berib yuboring. Shubhasiz joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar