Otam uchun va o‘zim uchun nima qilay

Assalomu alaykum! Meni yoshim 24 da 5 vaqt namoz o‘qishni yaqinda boshladim. Diniy bilimlarim juda kam.1. Otam ikkinchi guruh nogironi ( insult ) bo‘lgan. Chap oyog‘i va chap qo‘li deyarli ishlame qolgan. Deyarli har ovqat vaqtida ozgina aroq ichishga odatlangan birarda ko‘p ham ichib qo‘yadi, arog‘i tugaganda menga olib kelishimni aytadi men noiloj olib Kelaman chunki qishlog‘imizda uchta spirtli ichimliklar dokoni bor bahona qila olmayman. Aroqni ham ko‘pincha men quyib beraman. Ichmang desam menga aqllilik qilma deydi. Menga maslahat beringlar nima qilay, o‘qigan namozlarim nima bo‘ladi o‘zim otamga bilib turib yomonlik qilyapmanku axir. 2. Hojatiga ham men, akam va biz yo‘q paytimizda onam olib o‘tib keladi. Ba’zi paytlari hojatga olib o‘tib kel desalar ichimda jahlim chiqadi lekin otamga bilintirmayman keyin esa o‘zimni o‘zim yomon ko‘rib ketaman. Ichimda o‘zim bilan o‘zim kurashaman har hil hayollar kelaveradi ularni tilim bilan aytishga hatto qo‘rqaman. Namoz o‘qiyotgan vaqtim Alloh bormi o‘zi degan savollar ham hayolimga kelib qoladi. Shunday yomon fikr, savollar, hayollardan qutila olmayapman yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Haromga yordam bermang. 2). Unday vaqtda Laa ilaaha illalloh Muhammadurrosuululloh deng. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:43 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar