Qarzni plastik karta bilan to‘lashdagi holat
Bir tanishimga 3 yil oldin (AQSh dollarida) qarz bergandim. Hozirda qarzdor ham, men ham moliyaviy tarafdan ancha qiyin holatdamiz. Uning aytishicha, xar oyda plastik kartasiga o‘rtacha 400000 ming so‘m oylik ish xaqi tushar ekan. Shu plastik kartani menga berib: "O‘zingiz oyma-oy naqdga aylantirib, o‘sha kungi dollarning bozor kursi narxi bo‘yicha hisoblab qarzdan kamaytirib turing, plastik kartadagi pulni naqdga aylantirishda yo‘qotiladigan so‘mma ( 10% ) mening tanimdan bo‘ladi" demoqda. Bunda ribo aralashadi, o‘zingiz qanday naqdga aylantirsangiz ham menga o‘sha berilgan naqd dollarni qaytaring desam, u: "Men naqdga aylantirsam ishlatib qo‘yaman, sizga berolmay qolaman" demoqda. Nima qilishga boshim qotgan. Shu plastik kartani olmasam, bergan qarzimni hali-beri olishim gumon. Plastik kartani olsam, birga-bir naqdga aylantirishning iloji yo‘q. Yuqorida qarzdor aytganday hisob-kitob qilsam menga joizmi? Agar joiz bo‘lmasa qanday yo‘l tutay? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa pul birligida olish yo‘lini toping.
26 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa pul birligida olish yo‘lini toping.
26 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar