Sariq gumbazli masjid xaqida
Assalomu alaykum! Ustozlar, men bir narsaga chalg‘ib qoldim. Suratlarda ko‘rganimiz ya’ni sariq gumbazli Falastindagi masjid bu Masjidul Aqsomi yoki Masjid Qubbatul Saxromi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam isro va meroj kechasida qaysi masjidda namoz o‘qiganlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sariq gumbazli joy Masjidul Aqso emas. Isro va me’roj kechasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u erda namoz o‘qimaganlar. Siz aytgan joyni Qubbatussoxro deyiladi. U Masjidul Aqso maydonining ichida Quddus shahrining janubiy sharqida joylashgan. Umar ibn Xattob Baytul Maqdisni fath qilgan vaqtda o‘sha binoning ostidagi tosh ustiga unga yuzlanib namoz o‘quvchi yahudiylarni xorlash maqsadida, nasorolar najosatlar to‘kishgan edi. Umar roziyallohu anhu o‘sha najosatlarni tozalashni buyurgan edilar. Yahudiylar dinida u toshni ulug‘lanadi. Yahudiylar ommaga o‘sha “Qubbatussoxro”ni Masjidul Aqso deb tanishtirishadi. Toki Masjidul Aqso buzilsa ham odamlar sezmay qolishlari uchun. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar