It haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ishxonamizda itlar bor o‘zim. Itlardan uzoq yurishga harakat qilman, lekin sherigim itlarni yaxshi ko‘radi, yoniga borib o‘ynaydi, boshlari va bellarini qo‘li bilan silaydi. Ko‘pincha qo‘lini yuvmasdan xonaga kiradi, xona jihozlarini (komoyuter, telefon, choynak) qo‘li bilan ushlaydi. Itga suykalgan kiyimi bilan stol stullada o‘tiradi. Bu jihozlardan menam foydalanaman. Endi u it o‘ynagan qo‘li bilan tekkan narsalarni ishlatsam namoz o‘qishim, ovqat eyishim uchun qo‘limni etti marta yuvishim kerakmi? O‘sha stullarda o‘tirgan kiyimimda namoz o‘qisam bo‘ladimi? Sherigimga har gal qo‘lini yuvishga odatlantromadim. Shu savol anchadan beri qiynaydi. Javob uchun oldindan rahmat Alloh rozi bo‘sin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! So‘lagi tegmagan bo‘lsa, sherigingiz tekkan narsalar najosat bo‘lib qolmaydi. Namozingizga ham, boshqa ibodatlaringizga ham hech qanday zarar yo‘q. Albatta zaruratsiz it boqish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar