Taxorat amallari
Assalomu alaykum! Taxorat olishda qo‘lni yuvish, og‘izga suv olib g‘arg‘ara qilish, burunga suv olish, yuz yuvish, qo‘llarni tirsakkacha yuvish, boshga masx tortish, quloqlarni yuvish, oyoqni yuvish bu amallarni barchasini tartib bilan bajaraman Bir kishi taxorat olishimni ko‘rib yana bitta amal kolyabdi dedi man misvok ishlatishni aytgandim yo‘q u emas dedi. Qanday amalni qoldirib ketyabman, shu xaqida malumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz yuqorida sanab o‘tganlaringiz bilan tahoratning farzlari ado topadi va namoz uchun durust bo‘ladi. Sizni tahorat olishingizning aniq kayfiyatini biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmaganimiz uchun ulardagi ehtimoliy nuqsonlar haqida so‘z ayta olmaymiz. O‘sha kishi esa mustahab amal bo‘lmish bo‘yinga mash tortishni nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!
27 May 2022, 06:51 | Savol-javoblar | 209 | Tahorat