Oldingi ko‘ylaklarim

Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlardan bir maslahatga muhtojman. Allohga mingdan ming shukur menga hidoyat berdi. G‘aflatda yurganimda zamonaviy(noshar’iy) kiyimlar kiyib yurar edim. Hozir esa bu narsa gunoh ishligini bilib, Alloh buyurgandek kiyinishga harakat qilayapman. Savolim shuki, uyda avval kiygan kiyimlarim juda ham ko‘p. Ularni nima qilsam bo‘ladi? Ularni biron muhtoj kishiga berishni ham ravo ko‘rmayman. Chunki o‘zingiz yaxshi bilasizlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O‘zinga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma deganlar». Iltimos maslahat beringlar u kiyimlarni nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni shariatga muvofiqlashtirib, xohlasangiz o‘zingiz kiying, yoki biror odamga berib yuboring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar