Qilayotgan ishim halolmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, Meni kosiblik kasbim bor, bir odam menga ish taklif qildi u kimsa yana boshqa odamdan buyurtma olarkan masalan: menga ish taklif qilgan odam 1000 ta poyabzalga buyurtma olsa ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan poyabzalni modelini o‘zi buyurtma olgan insonga ko‘rsatadi va qanday xomashyolar ishlatishini xam ko‘rsatadi kelishiladi va 1-buyurtmachi o‘sha sifatli maxsulotlarga mablag‘ ajratadi. Lekin amalda sifatsizlarini kosiblarga beradi buni yaqinda payqab qoldim biz o‘z mexnatimizgagina haqimizni olamiz, lekin menda shubxa uyg‘onyapti u kishini qilgan ishining xaromligi bizning xalol mexnatimiz evaziga olayotgan pulimizga tasir ko‘rsatadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sifatlilar orasiga sifatsiz ishni qo‘shib sifatli deb sotishini bilgan bo‘lsangiz bu ishga yordam berishingiz to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar