Kundalik xaqida
Assalomu alaykum! Men anchadan buyon kundlik yozaman (xayotimdagi voqealarni insonlarni munosabatini kimgadur aytgandan ko‘ra yozib boraman) yaqinda eshitdim kunalik tutish dinimizda mumkun emas ekan. Shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kundalik yozishning zarari yo‘q. Albatta bo‘ sizni asosiy vazifalaringizni qilishga halaqit bermasligi kerak. Ya’ni ibodat va zimmangizdagi vazifalarni qilish va ularda kamchilikka yo‘l qo‘yishingizga sabab bo‘lmasligi kerak. Shuningdek unda shariatda man qilingan ishlarning hikoyasi va biror kishining sha’niga putur etkazadigan gaplash bo‘lmasligi kerak. Imom Shofe’iy safarlari haqida hikoya qilganlar va uni shogirdlari Rabiyh rivoyat qilgan. Shuningdek imom Suyutiy ham haytlarini “al-Muhodara” nomli kitoblaridan jamlaganlar. Ibn Batuta ham o‘zining safarlari haqida yozgan. Xulosa qilsak, bu kabi hayotingizdagi voqea va ularga o‘zingizning bo‘lgan munosabatlaringizni yozishingizga shar’iy monelik yo‘q. Lekin har bir narsa me’yorida bo‘lishi kerak. Vaqtingizni bundanda foydali narsalarga sarflashga harakat qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar