Xijob xaqida
Assalomu alaykum! Ayolimni (namoz o‘qiydi) xijob o‘rashga qattiq majbur qilishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkak kishiga ayolini Alloh taolo unga vojib qilgan ishlarni qilishga va unga harom qilgan ishlardan tiyilishga buyurishi zimmasidagi vojibi hisoblanadi. Qo‘pollik qilmang, go‘zal dinimizni yomon ko‘rsatib qo‘ymang. Tadbirli bo‘ling. Er xotining qilgan ishlarida mas’uliyatli hisoblanadi. Alloh taolo erga ayoliga rahbarlik haqqini bergan. Ana shu rahbarlikning bir ko‘rinishi ayolini farzlarni ado qilshga va harom narsalardan chetda bo‘lishga undashidir. Alloh taolo "Niso" surasining 34 oyatida shunday degan: "Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar".Ayolini shariatda harom bo‘lgan ishni qilishiga "O‘zi shuni xohlayapti", deb uni bu ishdan shar’iy barcha yo‘llar bilan qaytarmay va nasihat qilmay tashlab qo‘yishi va tashlab qo‘yishi uni gunoh, mas’uliyatidan forig‘ qilmaydi. Shunga binoan er ayolini Alloh buyurgan ishlarga, shu jumladan avratini to‘sishga buyurishligi zimmasidagi vojibi bo‘ladi. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Ogoh bo‘linglar, barchangiz mas’uldirsiz va barchangiz o‘z mas’uliyatingizdan so‘ralursiz... Erkak o‘zi ahli baytiga masu’ldir va ular haqida so‘ralur", deganlar. Muttafaqu alayh. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:06 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush