Boshqa dinlarning kitoblari
Assalomu alaykum! Dinimizda Payg‘ambarlarning qissalariga ayrim noto‘g‘ri ma’lumotlar xususan isroiliyotlar kirib qolganini bilamiz. Shunday noto‘g‘ri ma’lumotlarni yana ham yaxshiroq tanish va shu bilan birgalikda faqat ilmiy nuqtai nazardan, boshqa din vakillari haqida ham ko‘proq va aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun boshqa din vakillarining muqaddas kitoblarini, xususan Tavrot va Injilning hozirgi ko‘rinishdagi nusxalarini o‘qib chiqsa bo‘ladimi? Bu gunoh sanalmaydimi? Javobinggiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir narsa o‘zidan bir iz qoldiradi. Kimdir u izni bemalol unutadi, u bilan ta’sirlanmaydi. Kimdir ta’sirlanib xayolidan chiqara olmay vas-vasaga tushib qoladi. Hozirgi kunda Tavrot va Injilning aksar qismi botil to‘qimalardan iborat ekanligini o‘sha din vakillarining Islomga kirganlari ham ta’kidlab turishibdi. O‘sha botillardan ta’sirlanib qolmasangiz, o‘qishingiz joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 148 | Ta’lim va muta’allim