Ustozimizning tolmas shogirdlariga murojaat
Assalomu alaykum! Aziz ustozimizning tolmas shogirdlari va ilmiy merosxo‘rlari. Avvalambor sizlarning qilayotgan xayrli ishlaringiz va ilmiy izlanishlaringizdan g‘oyat xursandmiz. Dinimizning bir kichik jonkuyari va dinimizga doir bilimlarni yana ham oshirishni istovchi bir musulmon sifatida sizlarga bir taklif va istak bilan murojaat qilishga ruxsat bergaysizlar. Dinimizga doir kitoblar Allohga shukrlar bo‘lsinki keng doirada nashrdan chiqmoqda. Aqiyda va fiqh ilmiga doir, duo kitoblari, kitob javonlarimizga ko‘rk qalbimizga surur baxsh etmoqda. Lekin bu ishlar ham kamdek go‘yo. Masalan Qur’oni Karimning ma’nolarini keng yoritib beruvchi tafsir kitoblari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga yozilgan sharhlar ko‘p yozilgan. Tasavvufga doir asl kitoblar ham bisyor. Shu munosabat bilan sizlardan mana shu kitoblarni tezroq topib ko‘p-ko‘p tarjima qilib nashrdan chiqarsanggiz buyuk ishlardan bo‘lardi. Xususan buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriyning «Sahih»lariga Badruddin Ayniy hazratlarining yozgan «Fathul boriy» sharhlarini va boshqa sahih to‘plamlarga yozilgan sharh kitoblarini, Qur’oni Karimga yozilgan tafsirlar ham ko‘plab nashr qilinsa juda xayrlik ishlardan bo‘lar edi. Chunki bizning iymonimiz bir nurdir bu nurni esa ilm va ibodat bilan oshirib borish mumkin. Shu sabab sizlardan mana shunday xayrli ishlarni amalga oshirishingizni kutib qolamiz. Alloh mana shu ishlarda O‘zi madadkor bo‘lsin. Hurmat bilan Akmal.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz kabi xalqi, millati uchun, ilm-ma’rifat uchun qayg‘uradigan jonkuyar bandalarni Alloh ko‘paytirsin. Aytgan fikr va mulohazalaringiz, tavsiyalaringiz, din va ilm-ma’rifat uchun qayg‘urganingiz uchun tashakkur aytamiz. Alloh taolo sizga dunyo va oxirat saodatini nasib etsin. Siz aytgan kitoblar ustida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bunga Ustozimiz rohimahullohning shogirdlari jalb qilingan. Siz azizlardan duoda bardavom bo‘lishingizni so‘raymiz. Alloh taolo barchamizni O‘z dinini o‘rganib, amal qiluvchilardan qilsin! Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 149 | Islam