Gunohdan qaytarish vojibmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirgi kunda internet tarmoqlari ko‘payib ketdi. Shu bois behayo surat va videolar ham hozirda keng tarqalmoqda. O‘zim ham telegram va odnoklassnikka kirib turaman. Ba’zi insonlar qilayotgan ishlari faqat behayo gaplar yozish, so‘kinish, behayo suratlar tashlash bilan shug‘ullanadi. Shunday ishlarni ko‘rib turib unday ishdan qaytarish menga vojib bo‘ladimi? Yoki indamay qo‘yaqolganim yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘lingizdan kelsa qaytarishingiz vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:27 | Savol-javoblar | 159 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar