Moshinani bittadan ko‘p kishi ishlatsa
Assalomu alaykum! Koreyada studentmiz, 4 kishi bo‘lib bitta moshina olmoqchimiz. Moshina narxi teng to‘rtga bo‘linadi. Oramizda faqat bir kishi moshina haydab biladi, qolganlarning moshina olishdan maqsadi moshina haydashni o‘rganishdir. Moshina haydab biladigan kishi moshinani oyda 20 kun davomida haydasa, qolgan 10 kunda moshina haydashni o‘rganmoqchi bo‘lgan 3 kishi moshinani haydaydi. Ya’ni moshinani bir oyda to‘liq har kuni bir kishi haydamaydi. Koreyada qonuchilik bo‘yicha moshinaning sug‘urta puli yilda bir marta emas, har oy to‘lanishi kerak. Savol: moshinani bir oylik sug‘urtasi qanday bo‘laklarda to‘lanadi? Kim sug‘urtaning qancha qismini to‘lashi kerak? Sug‘urta narxi teng bo‘linishi kerakmi yoki 20 kunlik sug‘urtani bir kishi qolgan 10 kunlikni 3 kishi to‘laydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Majburiy sug‘urta mulk egalarining bo‘yniga ularning hissalariga ko‘ra tushadi. Undan kimdir ko‘proq, kimdir kamroq foydalanishining bunga ta’siri yo‘q. Istasangiz o‘sha ko‘proq foydalanuvchidan ijara haqi olinglar. Vallohu a’lam!
13 Dekabr 2023, 13:36 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar