Farishtalar kirmaydimi?

Assalomu alaykum! Er-xotinning yotoqxonasiga farishtalar kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insonni hamma vaqt to‘rt farishta yonida bo‘ladi. Uch holatdagina ulardan ajralib turishadi. عَنْ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالتَّعَرِّيَ ، فَإِنَّ مَعَكُمْ مَنْ لَا يُفَارِقُكُمْ إِلَّا عِنْدَ الْغَائِطِ ، وَحِينَ يُفْضِي الرَّجُلُ إِلَى أَهْلِهِ ، فَاسْتَحْيُوهُمْ وَأَكْرِمُوهُمْ رواه الترمذي Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Butkul kiyimsiz bo‘lishdan saqlaninglar. Chunki sizlar bilan birga sizlardan hech qachon ajramaydigan farishtalar bordir. Ular faqat hojatga kirilganda, kishi ayoliga yaqinlik qilayotganida ajralib turadilar. Ulardan hayo qilinglar va ularni hurmatini joyiga qo‘yinglar” dedilar". Imom Termiziy rivoyati. Boshqa bir rivoyatda : “Kishi g‘usl qilayotgan vaqtida ham ajralib turadilar” deyilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar