Pul topib olgandim

Assalomu alaykum va raxmatullox!Men xaydovchiman, Nyu York kuchalaridan birida ish yuzasidan sherigim bilan yuk mashinasida ketayotgan edik men uni islomga da’vat kilib ketayotgan edim, manzilga kelgach mashinadan yuklarni tushira boshladik va orada men kel biroz dam olib olaylik deb aytdimda mashinaning yuk xonasi tagidan pul topib oldim va topgan joyimdagi sherigimdan suradim bu senikimasmi deb, u yigit chuntaklarini titib yuk meniki emas dedi, yaxshilab karagin axir bu erda sen va mendan boshka xech kim yukku, bir oz uylanib yuk dedi, men esa ollox xoxlagan bandasiga boylik beradi xoxlamaganiga yuk dedim va shu payt suragan odamim xam pul topib oldi, va uni ketidan men yana kattarok pul topdim, ketidan yana u, xullas ketma ket bir biriga yakin 4-5 ta joydan pul topib oldik! xisoblasak men topgan pul unikidan roppa rosa 2 barobarga kup edi! sherigim nasroniy bulgani u-n pulni kanday topsang shunday ishlatib yuborish kerak dedi shosha-pisha, bu nima deganing dedim, bu pulni xammasiga borib tamaki sotib olishini aytdi. Men shoshilma axir ollox bizni sinash u-n berdi bu pulni bizga dedim! uzinga uzing zaxar sotib olmokchimisan dedim, olloxga xush kelarmikan kilgan ishing dedim, u tugri aytding deb borib uziga taom sotib olib edi! Mendan sen bu pulni kaerga ishlatasan deb suradi, men avval islom ulamolaridan surab kurib, shunga karab keyin ish yuritaman deb javob berdim. Men topgan pulni xukmini bilolmay turibman, bu pul menga xarommi yoki xalolmi?, bu pulni kaysi yulga ishlatganim makul buladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Barakalloh! Juda to‘g‘ri qilibsiz! Barcha musulmonlar shunday bo‘lishlari lozim.TOPILMALAR HAQIDATopib olingan narsa, agar uni topib olgan odam egasiga qaytarib berish uchun olganiga guvoh keltirgan bo‘lsa, omonatdir.Ishoq ibn Rohavayh o‘zining «Musnad» nomli kitobida Iyoz ibn Hammoddan rivoyat qiladi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kim yo‘qolgan narsani topib olsa, adolatli kishini guvoh qilsin. Keyin uni berkitmasdan, bir yilgacha e’lon qilsin. Agar egasi kelsa, keldi. Bo‘lmasa, u Allohning moli bo‘ladi va kimga xohlasa, o‘shanga beradi», dedilar».Guvohlikka, kim yo‘qolgan narsani so‘rab yurgan bo‘lsa, menga aytib yuboringlar deyish kifoya qiladi.Shu holda topib olgan kishi birovning narsasini omonatga ushlab turgan kishining hukmida bo‘ladi va u bilan bo‘ladigan muomala omonat ushlab turgan odamga qilinadigan muomala kabi bo‘ladi.Yo‘qolgan narsani ko‘rganda olish mandubdir. Uni olinmasa, xoinning qo‘liga tushib qolish xavfi bor. Aks holda, yo‘qolgan narsaning egasi topib oluvchining qaytarish uchun olganini rad qilsa, to‘lab beradi.Agar topib olgan kishi birovni guvoh qilmagan bo‘lsa va egasi bilib qolganda, bu narsani egasiga qaytarib berish uchun olgan edim desa – yu, molning egasi, yo‘q bu eb ketish uchun olgan deb turib olsa, topib olgan to‘lab beradi. Shu bilan birga, xoin hisoblanadi. Topganini e’lon qilganda, molni egasining ruxsati bilan omonatga ushlab turgan odam hukmida bo‘lardi va mol halokatga uchrasa, to‘lab bermas edi.Yo‘qolgan narsa haqida uni topib olingan joyda va odamlar jamlanadigan erda, endi egasi so‘rab kelmasa kerak deydigan va buzulib qoladigan muddatigacha e’lon qilinadi – da, so‘ngra sadaqa qilib yuboriladi. Agar egasi kelib qolsa, xohlasa sadaqani tasdiqlaydi, xohlasa topib olganga to‘latib oladi.Topib olingan narsa, taom, meva va shunga o‘xshash narsalar bo‘lsa, aynib qolishiga qarab egasini kutiladi. Topib olingan narsa, aynimaydigan narsa bo‘lsa, egasini kutish haqida fuqaholarimiz ikki xil ijtihod qilganlar.1. Imom Muhammad, Molik, Shofe’iy va Ahmadlar bir yil kutiladi, deganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam topib olingan tillo yoki kumush haqida so‘raldi. «Uning idishi va bog‘ichini tanit. So‘ngra bir yil kut. Agar egasini topmasang, uni ishlatib yuboraver. Bas, u sening huzuringda omonatga qo‘yilgan narsadek bo‘lib qolsin. Agar qachon bo‘lsa ham bir kun talab qiluvchisi kelsa uni anga ado et», dedilar». Muslim rivoyat qilgan.Demak, yo‘qolgan narsa, egasini kutish uchun ta’yin qilingan vaqtdan keyin ham topib oluvchi kishining mulkiga aylanib qolmas ekan. Qachon egasi paydo bo‘lsa va talab qilsa, unga to‘lab berish kerak bo‘lar ekan. Ammo sadaqani tasdiqlasa, savobini oladi.2. Imom Abu Hanifa kutish muddati yo‘qolgan narsaning miqdoriga qarab turlicha bo‘ladi, deganlar.Bir dirhamni bir kun. Uch dirhamdan bir dirhamgachani bir hafta. O‘n dirhamdan uch dirhamgachani bir oy. O‘ndan ko‘p bo‘lsa, bir yil egasini kutadi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kichikroq narsa; arqon, dirham, yoki shunga o‘xshash narsa, topib olsa, uni uch kungacha tanitsin, agar undan ortiqroq narsa bo‘lsa, olti kun tanitsin, egasi kelsa, keldi, kelmasa sadaqa qilib yuborsin», dedilar». Ahmad, Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilgan.Agar topib olingan narsa danak yoki anorning po‘chog‘i kabi egasi odatda axtarmaydigan narsa bo‘lsa, e’lon qilmasdan ishlatib yuborsa bo‘laveradi. Ammo egasi talab qilishga haqlidir. Topib olgan kishi topib olingan narsa uchun hokimning iznisiz sarf xarajat qilgan bo‘lsa, ehson o‘rnida bo‘ladi. Agar izn ila qilgan bo‘lsa, egasining zimmasiga to‘lov bo‘ladi.Topib olingan narsa hayvon va unga o‘xshash sarf – xarajat talab qiladigan narsa bo‘lsa, topib olgan kishi unga hokimning ruxsati ila sarf qilsa, egasi chiqqanda to‘latib oladi. Bunga hokimning izni hujjat bo‘ladi. Agar hokimning ruxsatini olmagan bo‘lsa, to‘latib olishga haqi yo‘q.Qozi manfaati bor yo‘qolgan narsani ijaraga qo‘yadi va foydasini o‘sha narsaning o‘ziga sarflaydi.Agar manfaati yo‘q narsa bo‘lsa, foydali bo‘lsa unga nafaqa sarflashga ruxsat beradi. Foydali bo‘lmasa, sotib yuboradi.Yo‘qolgan narsa ijaraga qo‘yib bo‘lmaydigan, uning uchun sarf xarajat qilishga arziydigan bo‘lsa, egasiga to‘latib olish niyatida uni ushlab turish uchun sarf qilishga hokim ruxsat beradi. Ammo yo‘qolgan narsa arzimagan narsa bo‘lsa, uni sotib qiymatini saqlab qo‘yiladi va egasi chiqqanda unga beriladi.Yo‘qolgan narsaning foydasiga nafaqa qilgan odam, nafaqasini qaytarib olish uchun uni bermay turishga haqli. Agar bermay turishdan keyin yo‘qolgan narsa halokatga uchrasa, nafaqa haqi soqit bo‘ladi.Agar yo‘qolgan narsaning egasiligini da’vo qiluvchi uning alomatlarini bayon qilib bersa, unga uni topshirish halol bo‘ladi. Hujjatsiz qaytarib berish vojib bo‘lmaydi.Topib olgan kishi faqir bo‘lsa, topilgan narsadan o‘zi foydalansa, joiz. Boy bo‘lsa, faqir ota-onasiga, bola-chaqasiga yoki kuyov-keliniga sadaqa qilsa, joiz.«Muxtasari Viqoya»da zirk qilinmagan ba’zi ma’lumotlarni ham taqdim qilishga ijozat bergaysiz.Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim yo‘qolgan narsani tanitmay o‘ziniki qilib olsa, zalolatga ketuvchidir», dedilar». Muslim va Ahmad rivoyat qilgan.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib topib olingan narsa haqida so‘radi. Bas, u zot:«Idishini va bog‘ichini tanit. Uni bir yil tanit, agar egasi kelsa, keldi, bo‘lmasa u seniki», dedilar.«Yo‘qolgan qo‘ychi?» dedi u.«U senga yoki birodaringga yoki bo‘riga», dedilar.«Yo‘qolgan tuyachi?» dedi u.«U bilan sening nima ishing bor. Uning ichgani suvi bor. (Yurgani) oyog‘i bor. Suvga borib, daraxtlardan eb, egasiga uchraguncha yuraveradi», dedilar». Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilgan.Gohida yo‘qolgan narsa jonli hayvon bo‘lishi ham mumkin. Bu holatda uning hukmi o‘sha hayvonning qandoq hayvon ekaniga qarab turlicha bo‘ladi.Misol uchun, yo‘qolgan hayvon qo‘y bo‘lishi mumkin. Bu haqda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘rovchi kishi ham so‘radi. U zot sollallohu alayhi vasallam yo‘qolgan qo‘y topib olgan kishiga, uning egasiga yoki bo‘riga qolishi mumkinligi aytdilar. Demak, qo‘y o‘zini o‘zi eplay olmaydigan, bo‘riga em bo‘lib ketish yoki shunga o‘xshash holatga tushish ehtimoli kuchli bo‘lgani uchun uni topgan odam darhol omonat shaklida saqlab qo‘yishi, tanitishi kerak. Agar egasi chiqsa beradi, chiqmasa o‘ziga qoladi. Lekin bo‘riga em bo‘lmasligi kerak. Tayyor mol zoe ketgan bo‘ladi. Qo‘y, echki yoki shunga o‘xshash o‘zini himoya qila olmaydigan ojiz hayvonlar ham ushbu hukm taxtiga doxil bo‘ladi.Endi yo‘qolgan hayvon tuya bo‘lsachi? Unga tegilmaydi. U o‘zini o‘zi eplaydi. Emini topib eydi, suvini topib ichadi. Shunga o‘xshash o‘zini o‘z eplaydigan, xavf xatardan qochib yoki uchib qutilib ketadigan quyon yoki kabutar kabi jonivorlarga ham tegilmaydi. Egasi topib o‘zi olmaguncha yuraveradilar. Bu gap imom Molikka oiddir.Ammo hanafiy ulamolar mazkur hayvonlarni ham topgan odam olishi vojibdir. Hadisda yo‘qolish xavfi bo‘lmagan hayvonlar ko‘zda tutilgan deydilar.Bog‘lar orasidan oqadigan ariq va soylarda oqib kelgan mevalarni olish haloldir. Shuningdek, shahardan tashqaridagi daraxtlarning tagiga tushib qolgan mevalarni olish ham halol. Chunki, bu narsalarni tashlab qo‘yilsa, egasiga tegmasdan buzilib qolishi turgan gap.

28 Aprel 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 181 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar