Zaklat puli

Assalomu alaykum! Men shaxsiy do‘konimni sotmoqchi bo‘lib e’lon berdim va bir kishi olmoqchi bo‘lib menga avans (zaklat) pul berdi avans bergan paytda 10 kun ichida qolgan pulni berib olaman dedi va oradan 1 oy o‘tgacha bergan pulimni qaytar sotib olmayman deb bergan avans (zaklat) pulini sorayabdi. Men zaklat olganimdan so‘ng savdoyimni to‘xtatdim va boshqa chiqagan mijozlarga ham rad javobini berdim (belgilangan narxdan baland narx aytishgan bo‘lsa ham) do‘konni sotish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga pulli e’lon joylashtirgan edim. Joylashtirilgan pullik e’lonimni ham olib tashladim , shu davr mobaynidagi soliqlarni ham o‘zim to‘ladim. Shu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak zaklat pulini qaytarishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz savdoni buzishga majbur emassiz. Kelishilgan pulni to‘lashini va do‘konni qabul qilib olishini talab qiling. Agar savdoni buzishni tanlasangiz zakladni qaytarishingiz shart. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2023, 19:33 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar