Kumushdan taqinchoq yasash

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kumushdan idish yasab sotishni hukmini bilmoqchi edim. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkaklarga tilla va kumush halol emas. Erkaklarga tilla va kumush haromligiga dalillar ko‘p. عَنْ حُذَيْفَةَ رضي الله عنه،عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ لَا تَشْرَبُوا فِي آنِيَةِ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ، وَلَا تَلْبَسُوا الْحَرِيرَ وَالدِّيبَاجَ، فَإِنَّهَا لَهُمْ فِي الدُّنْيَا، وَلَكُمْ فِي الْآخِرَةِ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَفِي رِوَايَةٍ مَنْ شَرِبَ فِي إِنَاءٍ مِنْ ذَهَبٍ أَوْ فِضَّةٍ، فَإِنَّمَا يُجَرْجِرُ فِي بَطْنِهِ نَارًا مِنْ جَهَنَّمَ Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tilla va kumush idishlarda ichmanglar, ipak va debojni kiymanglar. Chunki o‘shalar bu dunyoda ularga, oxiratda sizlarga», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Boshqa bir rivoyatda: «Kim tilla va kumush idishda ichimlik ichsa, qorniga jahannamdan olov kiritur», deyilgan. وَكَانَ حُذَيْفَةُ  رضي الله عنه بِالْمَدَايِنِ، فَاسْتَسْقَى، فَأَتَاهُ دِهْقَانٌ بِمَاءٍ فِي إِنَاءٍ مِنْ فِضَّةٍ، فَرَمَاهُ بِهِ، وَقَالَ إِنِّي لَمْ أَرْمِهِ إِلَّا أَنِّي نَهَيْتُهُ، فَلَمْ يَنْتَهِ، قَالَ رَسُولُ اللهِ  صلي الله عليه وسلم الذَّهَبُ وَالْفِضَّةُ وَالْحَرِيرُ وَالدِّيبَاجُ، هِيَ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا، وَلَكُمْ فِي الْآخِرَةِ وفِي رِوَايَةٍ نَهَانَا النَّبِيُّ  صلي الله عليه وسلم أَنْ نَشْرَبَ فِي آنِيَةِ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ، وَأَنْ نَأْكُلَ فِيهَا، وَعَنْ لُبْسِ الْحَرِيرِ وَالدِّيبَاجِ، وَأَنْ نَجْلِسَ عَلَيْهِ رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Huzayfa roziyallohu anhu Madoinda edi. Ichimlik keltirishlarini so‘radi. Qishloqning oqsoqoli kumush idishda suv keltirdi. U idishni olib, keltiruvchiga qarab otdi va: «Men uni qaytarsam ham, yana shu idishda olib kelgani uchun uni o‘ziga qarab otdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tilla va kumush idishlarda ichmanglar, ipak va debojni kiymanglar. Chunki o‘shalar bu dunyoda ularga, oxiratda sizlarga», deganlar», dedi». Boshqa bir rivoyatda: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizlarni tilla va kumush idishlarda ichimlik ichish va taom eyishdan hamda ipagu debojni kiyish va ustiga o‘tirishdan qaytarganlar», deyilgan. Ikki shayx va Nasoiy rivoyat qilishgan. Tilla va kumush idishlarda taom eyish, ichimlik ichish, moy yoki xushbo‘y surtish erkak va ayolga haromdir. Shuningdek, tilla yoki kumush qoshiqda taom eyish, qadahda ichimlik ichish, tilla oyna, qalam, siyohdon kabilardan foydalanish ham mumkin emas. Tilla yoki kumush idishdagi taomni chinni idishga solib esa bo‘ladi. Kumushdan bo‘lgan uzuk, belhamyon va qilich bezagi bundan mustasno.("Kifoya" kitobidan). Taqish man qilingan uzuklar Erkaklar tillo uzuk taqishdan qaytarilganlar. عن أبي هريرة، عن النبي صلى الله عليه وسلم: أنه نهى عن خاتم الذهب. أخرجه البخاري ومسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tillo uzuk taqishdan qaytardilar" (Buxoriy va Muslim rivoyati). عن عَلِي رَضِي اللَّه عَنْه قال: أَخَذَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَهَبًا بِيَمِينِهِ، وَحَرِيرًا بِشِمَالِهِ، ثُمَّ رَفَعَ بِهِمَا يَدَيْهِ فَقَالَ: " هَذَانِ حَرَامٌ عَلَى ذُكُورِ أُمَّتِي" (أخرجه أحمد والنسائي). Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ng qo‘liga tilloni, chap qo‘liga ipakni oldilar. So‘ngra ikkalasi bilan ikki qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, “Bular ummatimning erkaklariga haromdir”, dedilar”. (Ahmad va Nasoiy rivoyati). وعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنهما، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَأَى خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فِي يَدِ رَجُلٍ، فَنَزَعَهُ فَطَرَحَهُ، وَقَالَ: " يَعْمِدُ أَحَدُكُمْ إِلَى جَمْرَةٍ مِنْ نَارٍ، فَيَجْعَلُهَا فِي يَدِهِ"، فَقِيلَ لِلرَّجُلِ بَعْدَ مَا ذَهَبَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: خُذْ خَاتِمَكَ انْتَفِعْ بِهِ؟ قَالَ: لَا وَاللَّهِ لَا آخُذُهُ أَبَدًا، وَقَدْ طَرَحَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ" (أخرجه مسلم). Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining tillo uzuk taqqanini ko‘rib, uning qo‘lidan echib olib, tashlab yubordilar va “Sizlardan biringiz o‘tning cho‘g‘ini qasd qilib qo‘liga oladiya?!”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketgach, boyagi kishiga uzugingni olib (boshqa maqsadda) foydalanaver, deyilindi. U: “Allohga qasam, hargiz uni olmayman, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tashlab yubordilar, dedi” (Muslim rivoyati). Shuningdek, erkaklarga faqat kumush, ayollarga esa tillo va kumushdan yasalgan uzuklar halol hisoblanadi. Lekin, temir, mis, qo‘rg‘oshin, bronza kabi metallardan yasalgan uzuklar erkagu ayolga ham harom sanaladi. عن بُرَيْدَةَ رضي الله عنه، أَنَّ رَجُلًا جَاءَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " مَا لِي أَرَى عَلَيْكَ حِلْيَةَ أَهْلِ النَّارِ" فَطَرَحَهُ، ثُمَّ جَاءَهُ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ شَبَهٍ ـ نحاس أصفر ـ فَقَالَ: " مَا لِي أَجِدُ مِنْكَ رِيحَ الْأَصْنَامِ" فَطَرَحَهُ، قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ: مِنْ أَيِّ شَيْءٍ أَتَّخِذُهُ؟ قَالَ: " مِنْ وَرِقٍ، وَلَا تُتِمَّهُ مِثْقَالًا" (أخرجه النسائي وأبو داود). Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Temir uzuk taqqan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzuriga keldi. Shunda u zot: "Negadir senda do‘zax ahlining ziynatini ko‘ryapman-a”, dedilar. bas u taqishni tark qildi. Keyinroq sariq misdan uzuk taqib keldi. Shunda u zot “Negadir sendan butning hidini sezayapman-a”, dedilar. Bas u taqishni tark qildi. Haligi kishi: “Nimadan uzuk taqsam bo‘ladi?”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kumushdan, vaznini bir misqolga etkazmagin”, dedilar” (Nasoiy va Abu Dovud rivoyati). عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ رَضِي اللَّه عَنْه قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَأَى فِي يَدِ رَجُلٍ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فَقَالَ: " أَلْقِ ذَا" فَأَلْقَاهُ، فَتَخَتَّمَ بِخَاتَمٍ مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " ذَا شَرٌّ مِنْهُ" فَتَخَتَّمَ بِخَاتَمٍ مِنْ فِضَّةٍ، فَسَكَتَ عَنْهُ" (أخرجه أحمد). Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining qo‘lida tillo uzuk ko‘rib: “Buni tashlab yubor”, dedilar. U uni tashlab yuborib, temir uzuk taqib oldi. U zot: “Bunisi undan ham yomon”, dedilar. Keyin kumushdan uzuk taqqan edi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamadilar” (Ahmad rivoyati). وعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، رَأَى عَلَى بَعْضِ أَصْحَابِهِ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ، فَأَعْرَضَ عَنْهُ فَأَلْقَاهُ، وَاتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " هَذَا شَرٌّ، هَذَا حِلْيَةُ أَهْلِ النَّارِ" فَأَلْقَاهُ، فَاتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ وَرِقٍ، فَسَكَتَ عَنْهُ" (أخرجه أحمد بسند حسن 11/69). Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan ba’zisini qo‘lida tillo uzuk ko‘rib qolib undan yuz o‘girdilar. Sahobiy uni tashlab yuborib, temirdan uzuk taqib oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bunisi yomonroq, bu do‘zax ahlining ziynatidir”, dedilar. sahobiy uni ham tashlab yubordi. Keyin kumushdan uzuk taqqanida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamadilar” (Ahmad rivoyati). وعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ، أَنَّهُ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فَنَظَرَ إِلَيْهِ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَأَنَّهُ كَرِهَهُ فَطَرَحَهُ، ثُمَّ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " هَذَا أَخْبَثُ وَأَخْبَثُ" فَطَرَحَهُ، ثُمَّ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ وَرِقٍ فَسَكَتَ عَنْهُ" (أخرجه أحمد). Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “U kishi tillo uzuk taqib olgan edi. uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘rib qolib, yoqtirmaganday bo‘luvdilar, u uni tashlab yubordi. So‘ngra temir uzuk taqib oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bu xabis, xabisroq (jirkanch, iflosroq)dir”, dedilar. U uni tashlab yubordi. So‘ngra kumush uzuk taqib oldi. U zot indamadilar” (Ahmad rivoyati). وَحَرُمَ التَّخَتُّمُ بِالْحَجَرِ وَالْحَدِيدِ وَالصُّفْرِ وَالذَّهَبِ "Tosh, temir, sariq mis, bronza, tillodan uzuk taqish harom sanaladi" (Bahrur roiq). وَفِي الْجَامِعِ الصَّغِيرِ: وَلَا يَتَخَتَّمُ إلَّا بِالْفِضَّةِ، وَهَذَا نَصٌّ عَلَى أَنَّ التَّخَتُّمَ بِالْحَجَرِ وَالْحَدِيدِ وَالصُّفْرِ حَرَامٌ Jomi’us sag‘irda keltiriladi: “Faqatgina kumush uzuk taqiladi. Bu esa tosh, temir, sariq mis, bronza uzuklarni taqish haromligi borasida hujjatdir” (Inoya sharhul Hidoya). Uzuk vazni قال الحنفية: لا يزيد الرجل خاتمه عن مثقال. وهو ما يعادل = 4،25جراماً. Hanafiy mazhbida, kishi uzugini bir misqoldan ziyoda qilmasligi lozim. Bir misqol 4. 25 gramga to‘g‘ri keladi. وحجتهم في ذلك حديث بُرَيْدَةَ رضي الله عنه، أَنَّ رَجُلًا جَاءَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ حَدِيدٍ، فَقَالَ: مَا لِي أَرَى عَلَيْكَ حِلْيَةَ أَهْلِ النَّارِ، فَطَرَحَهُ، ثُمَّ جَاءَهُ وَعَلَيْهِ خَاتَمٌ مِنْ شَبَهٍ، فَقَالَ: مَا لِي أَجِدُ مِنْكَ رِيحَ الْأَصْنَامِ، فَطَرَحَهُ، قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، مِنْ أَيِّ شَيْءٍ أَتَّخِذُهُ؟ قَالَ: مِنْ وَرِقٍ وَلَا تُتِمَّهُ مِثْقَالًا" (أخرجه الترمذي وأبو داود والنسائي). Ularning bu boradagi hujjatlari Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis bo‘lib, bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlaiga keldi. Uni qo‘lida temirdan bo‘lgan uzuk bor edi. Shunda u zot: “Temir uzuk taqqan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzuriga keldi. Shunda u zot: "Negadir senda do‘zax ahlining ziynatini ko‘ryapman-a”, dedilar. bas u taqishni tark qildi. Keyinroq sariq misdan uzuk taqib keldi. Shunda u zot “Negadir sendan butning hidini sezayapman-a”, dedilar. Bas u taqishni tark qildi. Haligi kishi: “Nimadan uzuk taqsam bo‘ladi?”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kumushdan, vaznini bir misqolga etkazmagin”, dedilar” (Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyati). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar