Oq bo‘lmadimmikin?

Assalomu alaykum! Onam juda ko‘p yolg‘on gapirardilar. Bir kuni bir ayol bilan telefonda gaplashish chog‘ida mendan eshitgan bir gapni suhbatdoshlariga yolg‘on aralash boshqacha tushintirdilar. Shu payt og‘zimdan onamga «sizga yolg‘on gapirish oddiy xol-a?» degan gap chiqib ketdi. Bu gapni eshitganlarida yuraklari qattiq ezilgan. Onamni bunday ranjitganim uchun Alloh qiyomatda meni ne ko‘yga solarkin deb qo‘rqayapman. Lekin mening maqsadim onamni yolg‘on gapirmaslikka chaqirishdan boshqa narsa emasdi. Iltimos menga yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Amri ma’ruf va nahiy anilmunkarga eng haqli zot ota-onadir. Ularning bizga qilgan yaxshiliklarining cheki yo‘q. Farzandlar ham ota-onaning oqibatlari go‘zal bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan ishni qilishlari kerak. Albatta bu ularning ko‘ngillarini og‘ritmaydigan, go‘zal tarzda bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:36 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar