Ayollar ovozi harommi?

va rahmatullahi va barakatuh! Sog‘ salomatmisiz Shayx hazratlari meni bir savol qiynamoqda Man bir Islomiy radio eshityatganimda u erdagilar aytishdiki ayollar ovozi avrat deb. Keyin hayron qoldim va sizga hat yozishga qaror qildim. Agar ayol kishi hilvatda emas balki radioda boshlovchilik qilsa yoki nashida aytsa yoki Qur’on o‘qisa yoki ish yuzasidan yoki ko‘chada so‘zlashyatganini eshitib qolsak bu avrat bo‘lsa biz zinokor banda bo‘lib qolamizmi. Payg‘ambarimiz Muhammad s. a. v ham ayollar savollariga javob berganlaru. bu qanchalar Qur’onda va Hadisda to‘g‘ri yozilgan. Javobingiz uchun oldindan ming bor rahmat. Allohim umrizni bundanda ziyoda qilsin. Biz muxlislariz bahtiga doimo sog‘ salomat yuring Amiyn!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oddiy holatda ayol kishining ovozi avrat emas.

1 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar