Bank pensiya
Assalomu alaykum! Men 2017-yildan 2019-yilgacha bankda (pensiya va nafaqa tarqatish bo‘limida ishlaganman) o‘sha payt bank islom diniga to‘g‘ri kemasligini bilmaganman. Xozir afsusdaman, men pul tarqatayotgan paytimda qaytimlarini umuman bermas edim agar pensiyaner so‘rasa berardim masalan 612400sum pensiya bo‘lsa 400so‘m bermas edim 1 kunda 200ta odamdan shunaqa ortiqcha pul qolar edi. Kassadan ortiqcha pullarni olib o‘zim ishlatardim xozir shu narsa qiynab keladi qanday qilib qaytarsam bo‘ladi ularni ko‘pchiligi vafot etgan bazilari nogiron men ularni xech topa olmayman qanday xisoblab qaytarsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon darajasida topishga harakat qilasiz, tiriklarining o‘ziga, vafot qilganlarining merosxo‘rlariga berasiz va roziligini olasiz. Topa olmaganlaringizni pullarini chamalab, ortig‘i bilan kambag‘al-misknlarga savob umid qilmay egalari nomidan sadaqa qilib yuborasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:59 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat