Din yo‘liga kirish haqida
Assalomu alaykum! Men juda chalkashib ketdim ustozlar. Sababi jannatga kirish oson emasligini Allohning roziligiga erishish oson emasligini anglayapman. Hayotimning har lahzasi shubha bilan o‘tyapti. Islomni o‘rganaymi yoki dunyoni. Qalbimda mashxurlik orzusi bor unga erishishni hohlayman. Qalbimda hasad o‘ti juda kuchli. Gunohim juda ko‘p. Allohga istig‘for aytsam ham yana gunohlarni qilaman. Mening qalbim yumshashi uchun nima qilay. Ba’zan munofiq kazzob emasmikanman deb o‘ylab qolaman. Fosiqligim esa kundek ravshan. Yoshim 16 da. Onam meni chet elda o‘qishimni istaydi. Otam vafot etgan katta akam va onam bizni boqadi. Men chet elga borishini uncha hohlamayman. Chunki chet elada yurish ko‘pgina gunohlarga ko‘z yumishni talab qiladi. Lekin men chet elda ba’zi farzi kifoyalarni ado etish uchun ham o‘qishim mumkin. Men islom olimi bo‘lmoqchiman lekin oilam bunga qarshi sababini esa bilmayman. Ma’lumki Alloh Taolo xoxlaganini hidoyat qiladi va xoxlaganini adashtiradi. Men shu kungacha juda ko‘p (aqlga sig‘maydigan darajadagi) gunohlarni qilganman. (Astag‘firulloh) ba’zan la’inning shubha qildirishidan azob chekaman(qayta tirilishga ishonish). Aytingchi Allohdan duo qilib so‘rasam men ham hidoyat topamanmi? Masjidimiz imomi bobomga Alloh qiyomat bo‘lganda bandalarni umurtqalaridagi bir guruchchalik keladiga bir narsasidan qayta tiriltirishini aytibdi. U narsa hech qachon suyaklar kabi chirimas ekan. Aytingchi bu haqda dinimizda bir ma’lumot bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh O‘zi muhabbat qilgan bandalarining qalbiga O‘zining muhabbatini ham solib qo‘yadi. Oxirati to‘g‘risida o‘ylaydigan, bu dunyoni ko‘z yumib ochguncha o‘tib ketadigan bir lahza, uni lazzati ham azobi ham oxiratdagi lazzat va azobdan bir namuni ekanligini bildirib qo‘yadi. Sajdada uzoq boshni qo‘yib Alloh hidoyat qilishini so‘rang. Siz so‘ragan narsani "Ajbuz-zanab" deyiladi. U haqida batafsil ma’lumotni quyidagi linkdan olasiz. Vallohu a’lam!https://islom.uz/maqola/11429
25 May 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda