Muttafaqun alayh

Assalomu alaykum! Ustozlar, ko‘p hadislarda «Muttafaqun alayh» degan yozuvni ko‘ramiz. Yoki audio yozuvlarda «Muttafaqun alayh» darajasiga etgan hadis deb eshitib qolamiz. Shu so‘zning ma’nosi haqida kengroq tushutirib bersangizlar iltimos. Ilmsizligim uchun oldindan uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «Muttafaqun alayhi»ning ma’nosi  Hadis ulamolari biror hadis haqida «muttafaqun alayhi» degan bo‘lsalar, ularning bu gapdan murodlari, imom Buxoriy va imom Muslimning ushbu matnga ittifoq qilganidir. Bu ittifoq – hadisning sahihligiga musulmon ummatining ittifoqi emas, balki ikki shayxning ittifoqidir. Lekin ibn Saloh: «Muttafaqun alayhi» degan gapni ummatning ittifoqi desak bo‘laveradi», deydi. Chunki imom Buxoriy bilan imom Muslimning ittifoqi ummatning ittifoqiga teng keladi. Ummat esa ikkisining kitobini eng sahih kitob deb qabul qilgan. (“Mustalahul hadis” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 155 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar