Tuprokka korishadimi yoki imtixon kilinib, jannat yoki duzaxga kiritiladimi?

Assalamu alaykum, xurmatli Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf! Akiydaviy bir masala buyicha murojaat kilish niyatidaman. Gap shundaki, forumdagi postlarning birida (2007 yilning fevralida) sizga shunday savol berilgan edi: «Islomdan xabari umuman yuk insonlar takdiri nima buladi?». Siz bu savolga « Islom da’vati etmagan kishilar esa «axli fitrat» deyiladi. Da’vat etmagani uchun ularni kofir, deb xukm chiќarilmaydi. Do‘zaxga tushishlari xakida xam xukm ќilinmaydi. Ular axli fitrat, deb nomlanadilar va ќiyomatda boshќa jonzotlar katori tuprokka ќorishib ketadilar. » deb javob bergan edingiz.(mana usha savolning linki - https://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,3928.msg39007.html#msg39007 )Men xam uz urnida bu savolga bergan javobingizni ukigan edim. Lekin, yakinda, akiyda ilmini urganish chogida bir xadisga tuknashdim. Unda islomdan xabarsiz odam va unga kushib bir necha toifa odamlarning kiematdagi xolati xakida suz yuritilgan. Ushbu xadis ruschada berilgani bois, uning ma’nosi tarjimasini kuyida keltiraman:Abu Xurayradan r.a rivoyat kilinadi: Kiyomat kuni turt toifa odam uzini oklashga xarakat kiladi, ular — kar, akli zaif, munkillagan chol va odamlardan uzokda yashagan odam. Kar aytadi:«Ey Parvardigor, islom keldi, lekin men xech narsani eshitmadim va shuning uchun nimada ulgan bulsam, shunda uldim»; Akli zaif aytadi:«Ey Parvardigor, islom keldi, lekin men xech narsani tushunmadim»;Munkillagan chol aytadi:«Ey Parvardigor, islom keldi, lekin men xam xech narsani tushunmadim, chunki men munkillab kolgan edim va mening miyam ishlamas edi»; Odamlardan uzokda yashagan odam aytadi:«Ey Parvardigor, rosul mengacha kelmadi».Bu insonlar bilan nima buladi?! Buyuk Allox s.t. ularni narigi dunyoda sinaydi, U Zot ulardan axdini oladi va aytadi: «Agar sizlarga xozir paygambar kelsa, sizlar unga ergashasizmi»? Ular:«Xa, albatta ergashamiz», deb javob berishadi. Buyuk Allox ularga paygambar kurinishidagi farishtani yuboradi va u ularning barchasini olovga sakrashga buyuradi. Va kimki shu olovga sakrasa bu unga jannat buladi, kimki bosh tortsa, uni duzaxga olib kirishadi. Imom Axmad, Ibn Xibbon rivoyati. Savol: Xurmatli ustoz, sizning gapingiz buyicha ular tuprokka korishib ketadi, lekin xadisda ularning baribir imtixon kilinishi, sung jannat yoki duzaxga kiritilishi aytilmokda. Mening bu masala borasida boshka dalil va xujjatlardan xabarim yukligi tufayli, shoshilib notugri xulosa chikarmaslik maksadida sizning uzingizdan masalaga oydinlik kiritishingizni surab murojaat etmokdaman. Xush, kaysinisi tugri, axli fitratning tuprokka korishib ketishimi yoki imtixon kilinib, sung jannat yoki duzaxga kiritilishimi? Agar iloji bulsa «Tuprokka korishib ketish» xakidagi fatvoingizning dalili bilan bizni tanishtirsangiz. Kimmatli vaktingizni ayamaganingiz uchun tashakkur, jazakalloxu xoyron!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz juda ham ixtilofli gapni qo‘zibsiz. Odamlar hozirgi paytda boshqa ixtiloflarga ko‘milib turganda yana yangisini topibsiz. Biz bu boradagi tafsilotni keyinroq bilsak ham zarar qilmas edi. Qadimgi ulamolar ahli fitrat kimligi va ularning hukmi haqida turli gaplarni aytganlar. Vaqt ziqligi tufayli faqat gaplarni aytamiz.Ahli fitrat kimlar?:1.Ikki nabiy orasidagi bo‘sh paytda o‘tganlar.2.Bir nabiy borligida yashasa ham, u nabiy ularga yuborilmagan bo‘lib, o‘zlariga yuborilgan nabiydan oldin o‘tib ketganlar.3.Nabiyning da’vati etib bormaganlar. Jumladan, mushriklarning voyaga etmagan bolalari. Ahli fitratning hukmi:1.Ular najot topuvchilardir. 2.Ular najot topmaydilar.3.Ular haqida bir gap aytilmaydi. Allohning istagiga havola qilinadi.4.Ular qiyomat arosatida imtihon qilinadilar. Imtihondan o‘tgani jannati. O‘tmagani do‘zaxi. Bundan boshqa gaplar ham bor. Ularning hammasining o‘ziga yarasha hujjatlari bor.Siz keltirgan rivoyat to‘rtinchi qavl egalariniki. Men esa, o‘zim ko‘rgan aqiyda va tafsir kitoblaridagi qavlni olgan edim.

28 Aprel 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar