Isrofga kirmaydimi

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im 15 yoshlaridan beri musofirda ishlerkanlar 3 yil bo‘ldi turmush qurdik 1 farzandimiz bor inshaaalox. xozir xam musofir yurtlardalar. Qaynotam xo‘janyimdan pul kesa darrov kasalman deb do‘xtirga yuguradilar yoki mashina buzuq deb baxona qilib pullarni sovuradilar. Aloxida uy qilib chiqishimiz kerak. Qaynam isrof qimen uy joy qilib berin desalar quloq solmedilar sog‘ yuradilar duxtirlardan iltimos qilib pullik palataga joy qildirib kasalman deyoradilar.  Nima kasalsiz desez yomon xayollar keloradi deyoradilar. Namoz o‘qin yoshiz katta bo‘ldi tavba qilib istigforlar aytib yursez foydasi bo‘ladi xudoxoxlasa desez eshitgilari kemedi. Xo‘jaynim dadalariga qarshi bormedilar yoshliklarida qaynatam ayame urarkanlar shunga judayam qo‘rqib qolganlar. Dorilar tinimsiz ichadilar xali u erim xali bu erim deb qimmat dorilarni blogi bilan olib kevoladilar qanchasini muddati otib ketadi tashlab yuboramiz aptekaga bervoreli desek unamedilar. Qaynatami isrof qilayotgan pullarini kasri xo‘jaynimi urmasmikin deb qo‘rqaman. Alxamdulillax istig‘for salovotlar aytib namozimi qoldirmaslikka xarakat kilaman. Xo‘jaynim o‘zlari uylar qurgan ekanlar o‘zlari ishlab pul qilib uylandilar. O‘zlari qaynog‘ami o‘qitib oliy malumotli kildilar yana kaynogamiyam uzlari solgan uylarga uyladilar.endi uy solib chiqib ketamiz bu uylar ukamga deydilar. Bu xo‘jaynim qiynalib topayotgan pullarini qaynatam otasiman deb isrof kilishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Otasiga jo‘natmasin. Biror chiroyli sabablarni bahona qilib pulini to‘planishini tadbirini qilsin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:47 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar