Ko‘ngil behuzur bo‘lsa

Assalomu alaykum! Ro‘zador odamning ko‘ngli behuzur bo‘lsa, chiday olmasa va ro‘zasini ochib yuborsa bo‘ladimi? O‘sha ro‘zador odam o‘sha kungi ro‘zasi o‘rniga yana qancha kun qarz bo‘ladi? Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Behuzurlik chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa, u uzrli bo‘ladi. Agar ko‘ngli aynib qay qilgan bo‘lsa, bu bilan ro‘za ochilmaydi. Qasddan og‘ziga qo‘lini tiqib qay qilgan bo‘lsa ochiladi. Qasddan ochsa 60kun kafforat 1kun qazo. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:37 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar