Ahli farz haqida
Assalomu alaykum! “Kim namozning oxirgi vaqtida ahli farz bo‘lib qolsa, faqat o‘sha namozni qazo qiladi” deyilgan. Ahli farz haqida tushuntirib bersangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kim namozning oxirgi vaqtida ahli farz bo‘lib qolsa, faqat o‘sha namozni qazo qiladi. Birorta shaxs namoz vaqtidan tahrimani aytgunchalik vaqt qolganda balog‘atga etdi yoki musulmon bo‘ldi yoki hayzning o‘n kuni, nifosning qirq kunidan pok bo‘ldi. Oz vaqt bo‘lsa ham, unga namoz farz bo‘ldi. Shuning uchun u o‘sha namozning qazosini o‘qiydi. Hayz va nifosning ozidan pok bo‘lganda esa g‘usl qilish va tahrima sig‘adigan vaqt qolganda pok bo‘lishi kerak. Chunki oldingi vaqtda ado qilinmagan narsa uchun oxirgi vaqt mo‘’tabar bo‘ladi. Kim oxirgi vaqtda farzni ado qilishga ahl bo‘lsa, unga o‘sha vaqtning farzini ado etish vojib bo‘ladi. Mazkur oxirgi vaqtda farzni ado etishga ahl bo‘lmasa, undan mazkur farz soqit bo‘ladi. Shuning uchun ham Oxirgi vaqtda hayz ko‘rgan qazo qilmaydi. Ayol kishi namozni avvalgi vaqtida o‘qimay, orqaga surib yurdi. Ozgina vaqt qolganda hayzi kelib qoldi. U mazkur namozni qazo qilmaydi. Shuningdek, nifos ko‘rgan ayol ham. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar