Qarz va jabr ko‘rish
Assalomu alaykum! Allohdan sizga sixat-salomatlik, so‘rovchilarga qilayotgan odilona xizmatlaringiz uchun xosil bo‘ladigan ajru-savoblarni barakotini berishini tilagan holda savolimni bersam. Meni kasbim aviachipta sotuvchi korxonaning rahbari lavozimidir. Men oddiy, hamma qatori oylik ish haqi uchun ishlovchi ishchiman. Meni ustimda bizni boshqaruvchi korxona xo‘jayini bor. Lekin, xo‘jayinni o‘zining kasbi boshqa, ya’ni davlat korxonasida ishchi. Ish jarayonida men ishxonadagi yuz berayotgan har bir narsani xabarini berishni va biror mijoz taklif bilan chiqsa oldin xo‘jayinni oldidan o‘tishini, gaplashib roziligini olib berishini so‘ragan holda ishlardik. Kunlardan bir kuni bir mijoz bizga katta miqdorda ish berishini va birga ishlashni taklif qildi. Men 4 kun mobaynida o‘zim kelishgan holda ishlab ko‘rdim. 4-kuni biz unga xizmatimizni to‘laqonli ko‘rsatganimizda, ya’ni biletni sotganimizda o‘sha sotilgan aviachiptlarni pulini va’da qilgan vaqtlarida olib kelmadi. Ertasi kuni men “to‘xtataman ishni oldin qarzingizni bering. Kecha beraman deb va’da qilgandiz bermadiz” deb aytdim. So‘ngra mijoz “menda hozir yana buyurtmalarim bor” deb aytganidan so‘ng men “xo‘jayin bilan gaplashing, agar buyurtmasini qilib bering desa qilib beraman” dedim. Xo‘jayin bilan o‘sha mijozni uchrashtirdim, o‘zim guvohligimda gaplashishtirishga muvaffaq bo‘ldim. Xulosada xo‘jayin menga shu mijozni barcha buyurtmalarini bitirib berishimizani talab qilgan holda ishni boshladik. Ushbu mijoz bilan 10 kundan ko‘proq ish olib bordik. Har bir buyurtmasi haqida xo‘jayinga xabar berib har kuni o‘z ishimni bajardim. So‘ngra mijozning qarzi ko‘payib ketgani uchun ishni to‘xtatishga bir yoqadan xulosa qildik. Qarzni olib qaytaddan ish boshlaymiz degan fikr bilan mijozdan pulni hammasini berishini so‘radik. Xo‘jayin bilan mijoz o‘rtasida tushunmovchilik bo‘lib urushib janjallashib ketishdi. Oz-ozdan qarzini to‘layotgan mijoz menga “xo‘jayning meni qattiq haqoratlagani uchun pulni to‘lashdan bosh tortaman” deb aytib, boshqa qarzini to‘lamasligini bildirdi. So‘ngra o‘zi ham qochib ketdi. Hozirda topolmadik. Endi bo‘lsa xo‘jayin “sen aybdorsan, endi qolgan qarzlarni bo‘yninga olgin, men 30%ni, sen 70%ni to‘laysan” deb turib olgan. O‘ylaymanki, yozganlarim hammasini yaxshi tushunasiz. Hurmatli domlalar sizlardan masalaga oydinli kiritib, kimni qanchalik aybi borligini va nima uchunligini aytib bersangizlar. Oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar aytganlaringiz rost bo‘lsa, sizni to‘lamaslikka haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar aytganlaringiz rost bo‘lsa, sizni to‘lamaslikka haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat