Deyl karnegi

Assalomu alaykum! Deyl karnegini kitoblarini o‘qish joizmi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qish joiz. Hikmat mo‘minning yo‘qotib qo‘ygan narsasi hisoblanadi. Uni qaerda topsa olaveradi, lekin uni kitoblarini yaxshilab o‘qib e’tibor bersangiz insonni ko‘proq o‘z moddiy manfaatini rivojlantirish tarafiga yo‘natirganini ko‘rasiz. Kitob o‘qishga qiziqishingiz bo‘lsa, ko‘proq hadis kitoblarini o‘qing. Chunki hadislarda insonning dunyo va oxirati saodati yashiringandir. Bir misol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa har bir mo‘min musulmon uchun oltin torozini qo‘llariga berganlar. Ya’ni “O‘zing uchun nimani yaxshi ko‘rsang, birodaringa ham o‘shani ravo ko‘rgin. Nimani o‘zingi uchun ravo ko‘rmasang, birodaring uchun ham uni ravo ko‘rmagin” deganlar. Bu hadis o‘ta keng qamrovli ma’nodadir. Ya’ni senga o‘zgalar salom berishini xohlasang, sen ham o‘zgalarga salom ber, senga xushro‘ylik bilan muomala qilishlarini xohlasang sen ham boshqalarga xushro‘ylik bilan muomala qil, senga zulm qilmasliklarini xohlasang, sen ham o‘zgalarga zulm qilma, qalbingni tirnamasliklarini xohlasang, sen ham o‘zgalar qalbini tirnama, senga yuzini burishtirishlarini xohlamasang, sen ham o‘zgalarga yuzingni burishtirma,o‘zgalar senga sadoqatli bo‘lishini hoxlasang sen ham o‘zgalarga sadoqatli bo‘l. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 157 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar