Dadamga nasihat
Assalomu Alaykum! Ustozlar, bir necha oy ilgari dadam bilan gaplashib, namoz o‘qish kerakligi haqida aytgan edim. Ammo ular meni aql o‘rgatyapti deb o‘ylab mendan xafa bo‘ldilar va buni bilgan onam ham mendan jahllari chiqdi. Shundan keyin diniy mavzuda gaplashishga qo‘rqib qoldim, ammo hozir o‘ylab qarasam dadam zakot ham bermas ekanlar. Bu holda men ularga amru maruf qilmasam ularnikiga teng gunoh olamanmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz tengqurlariga havola qiling, ulardan iltimos qiling. O‘shalar nasihat qilishsin. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush