Irimmi yoki dinda bormi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar savolim shuki yosh bolani qo‘liga ursa ya’ni tarbiya berish maqsadida amali kesiladi degan gap bor. Bu irimmi yoki dinimizda bormi? Do‘stimni bolasi hali gapga tushunmaydi, lekin kim ko‘tarsa yuziga uradigan odat chiqargan. Shunga katta odamni yuziga urib bo‘lmaydi degan maqsadda tarbiya berish maqsadida qo‘lga urib tushintirdik. Shunga oydinlik kiritib bersangizlar. Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Yosh bolani qo‘liga ursa ya’ni tarbiya berish maqsadida amali kesiladi” degan gap bekor gap. Tarbiyani to‘g‘ri deb bilgan usulda beriladi. U urish bo‘lishi ham mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 126 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar