Shifo deya aroqqa tomog‘ chayish

Assalomu alaykum! Avalam bor Alhamlulillah man ibodatdaman. Aroq, sigaret degan narsaladan yiroqdaman, uyimizda xech kim ichmaydiyam chakmaydiyam, xamma ibodatda, lekin salkam 80ga kirgan buvim borlar. Ular ham bir namoz o‘qiydilar, bir esa o‘qimaydilar. Tomog‘lari ko‘p og‘rib turadi, shunda tomoq chayish uchun aroq olib kel tomog‘imni chayaman deydilar. Bir ikki martta mayli shifo uchun deb olib keldim, keyin bir kuni axamiyat bersam, aroqqa tomog‘ni chayib, keyin aroqni yutib yubordila. Shundan keyin endi olib bermiman desam, onam urishib berdilar. Olib kel yoshlari kotta, boshqa dorilar foyda bo‘mayapti, shuni davo deb bilib, chayib ichvorvottila, Alloh O‘zi kechirsin, dedilar. Aroqni olib kelgan menga, unga ruxsat bergan onamga va uni chaygan(va ichgan) buvimga gunox yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish noto‘g‘ri. Bu harom, olib kelib gunohiga sherik bo‘lmang. Tomoqni chayadigan boshqa halol narsalar ham ko‘p. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:31 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar