Muslimalar va go‘zallik

Assalomu aleykum Zikr Axli Xayatlari.Bismillaxir Roxmanir Roxiym. Menda kup savol bor Birinchi savolim shundakim,xozir kanallar kup.Bazilar ulamolar uchun,vafot etgan olimlar uchun,xususan,Shayx Muxammadsodik Muxammad Yusufning xotiralariga bagishlanib kanallar(Shayx Muxlisalari tomonidan ochilgan deb yozilgan) ochilgan.Ularda asosan Shayxning gap va maruzalari kuyiladi va yoritiladi,Yana islomiy va nashidlar kuyiladi.Kanal bu ishi Bilan birga reklamalar kuyib boradi.Kanaldan urtacha kuniga reklamalar evaziga 50.000-60.000 yaxshigina daromad kilsa buladi.Savolim shundan iboratki bu pullarni uz xarajatlariga ishlatishi mumkinmi?Axir vakt va mblar ketadi.Yoki xayriya kilish kerakmi chunki,kanaldagi narsalar boshka kanallardan olinadi. Yana bir savolim yuz xakida.Bilamizki Muslima ayol pardoz-andoz kilishi mumkinmas.Agar Muslima bilinar-bilinmas pardoz kilsa xam mumkinmasmi?Muslimalar uziga Oro berishi mumkinmas(atir sepishi,kosh terdirish,manikyur kildirishi),lekin uyuzga maskalar kuyish mumkinmi?Maskalar yuzni okartirib,taranglashtiradi. Kiprikka laminattsiya kildirish mumkinmi?Kiprikka nimadir surtadi,2xaftada uta Uzun kiprik buladi.3oyga yakin kiprik uz xolatiga kaytadi.Shunaka kildirsam uziga Oro bergan gunoxkor xisoblanmaymanmi? Kup savol berganim uchun uzr.Allox sizdan rozi bulsin bergan javoblaringiz uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). U kanallarni bizga aloqasi yo‘q. Ish faoliyatini ham bilmaymiz.
2). Eri uchun qilishi kerak. Mahramlarini oldida qilib yursa ham bo‘ladi. Begonalar uchun qilinsa gunohkor bo‘ladi.
Imom Nasaiy shunday rivoyat keltiradilar:
«Abu Hurayra roziyallohu anhu o‘zlariga yo‘liqqan bir ayolda xushbo‘y hidni sezib qolib:
«Ey Jabborning cho‘risi, masjiddan keldingmi?!» dedilar. U ayol:
«Ha», deb javob qaytardi. Abu Hurayra roziyallohu anhu:
«Men habibim, Abulqosim sollallohu alayhi vasallamdan:
«Alloh taolo ushbu masjidga xushbo‘y atir sepib kelgan ayolning namozini to u ayol junublikdan keyin g‘usl qilgandek g‘usl qilmagunicha qabul qilmaydi», deganlarini eshitganman», 
dedilar».
Imom Termiziy Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir ko‘z zinokordir. Qaysi bir ayol atir sepib olib, bir majlis ahli oldidan o‘tsa, bundoqdir, bundoqdir», deb og‘ir narsani aytganlar.
Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarning shirali ovoz bilan erkaklar e’tiborini tortishini ham man qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
3). Laminatsiya qilinganida kiprikning tagiga tahorat va g‘uslda suv o‘tmasa, joiz emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 196 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar