Avvalgi odamlarning bo‘ylari

Assalomu alaykum!  Ko‘p joylarda domlalardan eshitaman. Oldin odamlarning bo‘ylari bulutga etgan deyishadi. Bunga dalillar bormi? Agar shunday bo‘lsa ular qachon yashashgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bulutga etadigan darajada bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q. حَدَّثَنِي عَبْدُ اللهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، عَنْ مَعْمَرٍ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «خَلَقَ اللهُ آدَمَ وَطُولُهُ سِتُّونَ ذِرَاعًا، ثُمَّ قَالَ: اذْهَبْ فَسَلِّمْ عَلَى أُولَئِكَ مِنَ الْمَلَائِكَةِ، فَاسْتَمِعْ مَا يُحَيُّونَكَ، تَحِيَّتُكَ وَتَحِيَّةُ ذُرِّيَّتِكَ. فَقَالَ: السَّلَامُ عَلَيْكُمْ. فَقَالُوا: السَّلَامُ عَلَيْكَ وَرَحْمَةُ اللهِ. فَزَادُوهُ: وَرَحْمَةُ اللهِ. فَكُلُّ مَنْ يَدْخُلُ الْجَنَّةَ عَلَى صُورَةِ آدَمَ، فَلَمْ يَزَلِ الْخَلْقُ يَنْقُصُ حَتَّى الْآنَ». طرفه: 6227 - تحفة: 14702 - 160/4 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh Odamni yaratdi. Bo‘yi oltmish ziro’ edi. So‘ngra unga: «Bor, anavi farishtalarga salom ber va sen bilan nima deb salomlashishlarini eshitib olki, (bu) sening va zurriyotingning salomlashuvi bo‘ladi», dedi. U «Assalaamu alaykum», dedi. Shunda ular: «Assalaamu ’alayka va rohmatullooh» deb, bunga «va rohmatullooh»ni qo‘shimcha qilishdi. Jannatga kiradigan har kim Odam suratida bo‘ladi. Yaratilmishlar hozirgacha kichrayib keladi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). قال الحافظ ابن حجر في فتح الباري 6/367  : أي أن كل قرن يكون نشأته في الطول أقصر من القرن الذي قبله ، فانتهى تناقص الطول إلى هذه الأمة واستقر الأمر على ذلك  أ.هـ Ibn Hajar Asqoloniy “Fathul Boriy” kitobida : (Odam alayhissalomdan beri) Har bir asr ahli o‘zidan avvalgi asr ahlidan qisqarishda davom etgan. Qisqarish bu ummatga kelib to‘xtagan va ish shu holda qaror topgan” deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 159 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar